So’nggi yangiliklar

01:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Флуминенсе" - "Челси" 0:1 (онлайн ҳисоб)  8 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  0 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  4 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  12 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  6 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  3 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3

Eshitdik-da! Ibrohim Ibragimov uchun "Paxtakor" va "So'g'diyona" jiddiy kurashmoqda Yangiliklar

Eshitdik-da! Ibrohim Ibragimov uchun "Paxtakor" va "So'g'diyona" jiddiy kurashmoqda

Mamlakatimizda Superliga mavsumi o'z nihoyasiga etdi va jamoalar keyingi mavsum uchun tarkibni shakllantirish jarayonini boshlab yuborishgan.

"Championat.asia" olgan malumotga ko'ra, o'tgan mavsumning 2-davrasini "Olimpik"da o'tkazgan yarim himoyachi Ibrohim Ibragimovga Superliganing birdaniga 4 klubi qiziqish bildirmoqda. Bular: "Bunyodkor", "Paxtakor", "So'g'diyona" va "Neftchi". Yuqoridagi klub vakillari allaqachon futbolchi bilan aloqaga chiqishgan va muzokaralar davom etmoqda.

Ibrohim Ibragimovning transfer huquqi Bekobodning "Metallurg" klubiga tegishli. Tomonlar o'rtasidagi kelishuv 2024 yilning 31 dekabrida nihoyasiga etadi. Bu degani 22 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi bo'lgan klub uni "Metallurg"dan sotib olishiga to'g'ri keladi. Ayni paytda Ibragimov uchun kurashda "Paxtakor" va "So'g'diyona" favorit bo'lib turibdi. Aynan shu ikki klub uning transfer huquqini sotib olishga tayyor. Demak, Ibragimov yangi mavsumni katta ehtimol bilan "sherlar" yoki "bo'rilar" tarkibida boshlaydi.


Eslatib o'tamiz, 22 yoshli Ibragimov ortda qolgan mavsum "Metallurg" va "Olimpik" tarkibida Superliga va O'zbekiston kubogida jami 24 ta o'yinda maydonga tushdi va 4ta gol urdi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика