Eshitdik-da! "Bunyodkor"ning ikki futbolchisi "So'g'diyona"ga o'tmoqda
11 iyu 2023 17:39
Yangiliklar
Eshitdik-da! "Bunyodkor"ning ikki futbolchisi "So'g'diyona"ga o'tmoqda
Jizzaxning "So'g'diyona" klubi ikkinchi davradan oldin o'z safini kuchaytirishga intilmoqda.
Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, "Bunyodkor" yarim himoyachilari Muhammad Safo Fozilov va Abdulloh Omonaliev ikkinchi davrani "So'g'diyona" safida boshlashadi.
Malumot uchun, "So'g'diyona" bosh murabbiyi Ivan Boshkovich o'tgan yil "Bunyodkor"da bu futbolchilar bilan birga ishlagan.
Fozilov bu mavsum Superligada 3ta o'yinda maydonga tushib 1ta gol urdi. Omonaliev esa Superligada maydonga tushmadi, U-21 chempionatida 6ta uchrashuvda ishtirok etdi.

Abdulloh Omonaliev

Muhammad Safo Fozilov (25-raqam)
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar