Eshitdik-da! "Bunyodkor"ga Turkiya Superligasidan hujumchi kelmoqda
09 jan 2025 12:35
Yangiliklar
Eshitdik-da! "Bunyodkor"ga Turkiya Superligasidan hujumchi kelmoqda
"Adana Demirspor"ning qozog'istonlik hujumchisi Toshkentga ko'chib kelishga yaqin turibdi.
"Championat.asia"ga malum bo'lishicha, "Bunyodkor" Qozog'iston milliy terma jamoasi va "Adana" klubi hujumchisi Abat Qayratuli Ayimbetovni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Turkiya Superligasi joriy mavsumida Ayimbetov 12 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urishni uddalagan.
"Transfermarkt" portali 1995 yil 7 avgustida tavallud topgan Abat Ayimbetovning transferini 500 ming evroga baholamoqda.
Evropa CHempionati saralashi doirasida Daniyaga qarshi bahsning 89-daqiqasida gol urgan Abat Qozog'istonga g'alaba keltirganini takidlab o'tish mumkin. Umumiy hisobda Abat Ayimbetov mamlakat milliy termasi safida 44 ta o'yinda maydonga tushgan va 9 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Родри дисквалификация қилиниши мумкин
Fikrlar