Eshitdik-da! Ashurmatov "Andijon"ni tark etdi

Narzulla Saydullayev
13 iyun 2016, 13:27
Mavsum boshida "Andijon"ni qabul qilib olgan murabbiy o'z lavozimini tark etgani aytilmoqda.

Eshitishimizga qaraganda Baxtiyor Ashurmatov o'z xohishiga ko'ra "Andijon"ni tark etishga qaror qilgan. Ma'lumot uchun, "burgutlar" ortda qolgan 11ta tur davomida 3ta g'alabaga erishishdi va 8 marta mag'lub bo'lishdi. Jamoa 9 ochko bilan musobaqa jadvalining 14-pog'onasida bormoqda. Jamoa oxirgi uchta turning barchasida mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia