Eshitdik-da! "Al Nassr" koreyalik futbolchi bilan muammoni hal qilgach Masharipov transferini elon qiladi
16 jan 2021 22:04
Yangiliklar


Eshitdik-da! "Al Nassr" koreyalik futbolchi bilan muammoni hal qilgach Masharipov transferini elon qiladi
SHu kunlarda o'zbekistonlik Jaloliddin Masharipovning transferi borasida juda ko'plab xabarlar chiqdi.
Eshitishimizga qaraganda Masharipov shu kunlarda "Al Nassr" futbolchisi sifatida tanishtiriladi. Klub janubiy koreyalik Kim Jin Su bilan yuzaga kelgan muammoni hal qilganidan keyin o'zbekistonlik futbolchining transferini elon qiladi.
Malumotlarga ko'ra, "Al Nassr" Kim Jin Su bilan shartnomani bekor qilmoqchi. Koreyalik futbolchi 2020 yil 30 avgust kuni "Nassr" bilan 2 yillik shartnoma tuzgandi. Biroq hozirgacha u Saudiya Arabistoni jamoasida 3tagina o'yinda maydonga tushdi xolos.
Saudiya Arabistoni ligasida har bir klub 7 nafargacha legioner futbolchini ro'yxatdan o'tkaza oladi. Ayni paytda "Al Nassr" safida Kim Jin Suni qo'shganda 7 nafar xorijlik futbolchi bor.
O’xshash yangiliklar
12:44
Yassin Bunu yoki Roberto Firmino. Mart oyi boshida O'zbekistonga qaysi futbol yulduzlari keladi? 30

Fikrlar