So’nggi yangiliklar

14:07Алибоев, Норчаев, Жиянов, Ҳожимирзаев ... Суперлига 14-тур рамзий терма жамоаси  3 13:27Расман: Оливье Жиру "Лилль"га ўтди  0 13:08"Барселона" 2025/26 мавсум учун уй либосини тақдим этди  1 12:40Ла Лига раҳбари Тебас клублар ўртасидаги ЖЧ ҳақида: "Бу турнир бошқа ўтказилмаслиги учун қўлимдан келган барча ишни қиламан"  8 12:15Дьокереш инглиз клуби билан келишиб олди  0 11:47Факт: Вадим Абрамов жамоаси Виталий Левченко бошқараётган "Нефтчи"ни ҳали ютмаган  8 10:48Бугун аёллар терма жамоамиз Лаосга қарши баҳс олиб боради  0 10:19Суперлига. 15-тур расмийлари маълум. Марказий учрашувни Лутфуллин бошқариб боради  6 09:44Алонсо ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  11 09:17Ўзбекистон кубоги. Бугун сўнгги чорак финалчилар аниқланади  4 08:48Ўзбекистон МТЖ аъзоси “Пахтакор“га қайтиши мумкин  19 08:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  31 07:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. Сўнгги чорак финалчи аниқланди  2 07:34Суперлига. Бугун "Динамо" "Нефтчи" учрашуви бўлиб ўтади  13 02:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" "Ювентус" минимал ҳисобда енгиб, чорак финалга йўл олди  61

Ertangi final oldidan 1/2 final kuni 1 yoshlik ukasi vafot etgan, APLning eng qimmat o'yinchisi Grilish haqida, uning oyoqlari "SA" obektivida Yangiliklar

Ertangi final oldidan 1/2 final kuni 1 yoshlik ukasi vafot etgan, APLning eng qimmat o'yinchisi Grilish haqida, uning oyoqlari "SA" obektivida

Jek Grilish 2021/22 yilgi mavsumda "Manchester Siti"ning bugungi homiylari yordamida "Aston Villa"dan 117.5 mlnga sotib olinadi.

Bu APL tarixida 100 mln funtga (funt evrodan baland yuradi) xarid qilingan ilk futbolchi sifatida tarixda qoldi. 


Grilish "Aston Villa" akademiyasi tarbiyalanuvchisi, o'rtada bir mavsum 18 yoshida uchinchi dvizion vakili "Notts Kaunti"ni aylanib keladi. Tajriba to'plab uyiga qaytgan Jekning "Aston Villaga" qaytishi jamoaning inqirozli davriga to'g'ri kelgan. Klub 2016 yil Premer Ligadan tushib ketadi va 3 mavsumni o'sha erda o'tkazib 2019 yildagina kuchlilar safida mavsumni boshlaydi. Qizig'i shundaki o'sha paytlar Grilish uchun katta summa to'laydigan klub topilmadi. Skautlar yaxshi ishlamadimi yoki uning o'zi istamagan bilmadim. Qisqasi u 2022/23 mavsumda dunyoning eng ko'p maosh oladigan futbolchilaridan biri sifatida bir yo'la uchta sovrinni qo'lga kiritdi, Angliya Premer ligasi, Angliya Kubogi va Evropa chempionlar ligasi. 




Kelib chiqishi irland, ammo o'zi Birmengemda tavallud topgan Jekning ota onasi 2000 yil "Aston Villa" va "Bolton" o'rtasidagi Angliya Kubogi yarim finalini tomosha qilishga "Uembli"ga ketishgan bir paytda, uyda qolgan 1 yoshli ukasi Kilanning uyqusida vafot etadi. 5 yoshlik Jek ukasini hamon unutmaydi, ahyon ahyon u o'zining instagramdagi sahifasida uni eslab turadi. "Aston Villa" safidagi birinchi golini ham unga bag'ishlagan.




Bir emas uchta sovrin yutgan Grilish mavsum so'nggida uni haddan tashqari nishonlab yuborgani Angliya matbuotidan tushmaganiga ko'p bo'lmadi. "Manchester Siti" va "Urava Reds" jamoalari o'rtasidagi o'yin "Al Ahli" hamda "Fluminense" o'yinichalik bo'lmadi. Braziliya va Misr jamoalari ko'rsatgan o'yinning jozibasiga etishiga yaponlarda na kuch, na mahorat etishmaganligi uchun shaharliklarga qarshilik ko'rsata olmadilar. Men esa betaraf muxlis sifatida Grilishning harakatlarini maza qilib kuzatdim. To'g'risini aytaman Evropaga futbolidan ancha chetga chiqib qolganman, o'z paytida o'zim ishqibozlik qilgan jamoalar, "Barselona" va "Arsenal"ning bugungi kundagi 5 nafar futbolchisini yoddan aytib bera olmayman, lekin yaxshi o'yinni jonli ko'rish imkoniyati tug'ilsa jim tura olmayman. 


Jiddadagi jahon chempionati ayni muddao bo'ldi. Bu erda Superliga tugagan, Toshkentda ish kam, dam olish uchun ham ayni muddao. O'yin tugaganiga 2 kun bo'lgan, maqola bugun chiqyapti. O'rtada ziyoratda bo'lib, qo'llarimni duo ochib barchangizning oilangizga baraka va sihat salomatlik tiladim. 






Terma jamoamiz arab diyorlarida to'p tepganda ob havo haqida yozsak, buni ko'pchilik bahona deydi. Arab mamlakatlarida to'p tepgan bir futbolchimizning gapi yodimda.

- O'yin kechki 20 00 dan keyin boshlanishi mumkin, lekin bularni o'zi ham bu havoda o'ynashga qiynaladi. Bahsdan keyin albatta tiklanish uchun maxsus ukollar olishadi. Juda qiyin.




O'yindan keyin maysada yotgan Grilishni "Urava Reds" futbolchisi kelib turg'izmaganida, uni kuchi qolmagandi. Futbolka berish bahonasi u turdi. Qisqasi, Xollandni ko'raman deb o'zim uchun Grilishni kashf qildim.





Bugun marketing sohasida katta odam bo'lib ketgan maktabdagi do'stim Aziz Yusufov instagramda Grilishning qo'ygan suratimga, uning oyoqlarini ko'rdingmi deb yozgandi. Nafaqat ko'rdim, balki maqola uchun suratga ham olib qo'ygandim. Balki kadrlar bu oyoqni TVda to'liq ochib bera olmaslik mumkin, lekin uni maydondagi foydasi, raqib futbolchisini kelib urilsa chivin chaqqanchalik bilinmasligini ko'rish boshqacha edi. Bunaqasini "Zenit" va "Al Jazira" jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvida Xalkda ko'rganman. O'shanda Sardor Rashidovga muxlislik qilish uchun o'yinga kirgandik.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика