So’nggi yangiliklar

23:14Айбек Нурбаев: "Бугунги мағлубиятга мен жавобгарман. Ўзгартиришларда хатога йўл қўйдим"  0 22:53ЕЧЛ. "Интер" – "Барселона". Жавоб учрашуви учун таркиблар аниқ!  19 22:18"Барселона" Ямал билан янги шартнома имзолайди. Томонлар келишувга эришишга яқин  1 21:46Виртц "Реал" ёки "Манчестер Сити"га ўтишни истамаяпти. У бошқа клубга бормоқчи  6 21:21"Олтин тўп" учун битта ҳақиқий номзод бор" – "Бетис" Винисиус ва Антонининг статистикасини солиштирди  2 20:57Кевин Де Брюйне "Сити"да қолиши мумкин, футболчи янги шартнома имзолашга тайёр  3 20:35Криштиану Роналду ўғлининг Португалия терма жамоасига чақирилганига муносабат билдирди  3 20:10​"Астон Вилла" Мартинес кетса, "Реал" дарвозабонини олиб келмоқчи  0 19:47МЮ сербиялик дарвозабонга қизиқиб қолди  0 19:26Про лига. "Олимпик-MobiUz" Нукусда кичик ғалабага эришди  0 19:05"Реал" скаутлари "Арсенал" – "Борнмут" ўйинида бўлди  3 18:388 ўйинда 8 хато. Суперлиганинг 8-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  20 18:14МЮ Рэшфордни сотишга тайёр. Клуб ўз тарбияланувчисини қанчага баҳоламоқда?  5 17:47Ўзга олам вакиллари  8 17:15"Футбол олами". Сенсацияларга ва истеъфоларга бой бўлган 8-тур ҳақида батафсил  0

Ertaga Janubiy Koreyaga qarshi o'ynaymiz Yangiliklar

Ertaga Janubiy Koreyaga qarshi o'ynaymiz

Xabar berganimizdek, 27 mart kuni, Janubiy Koreyaning Tedjon shahridagi “Daejeon World Cup” ctadionida O'zbekiston milliy terma jamoasi Janubiy Koreyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
O'zbekiston hamda Janubiy Koreyaning ertangi o'yinda ishtirok etadigan futbolchilari ro'yxatini avvalroq elon qilgan edik.

Ushbu jamoalar shu kunga qadar jami 12 bor o'zaro to'qnash kelgan. O'zbekiston terma jamoasi shu o'yinlardan faqat bittasida g'alaba qozonib, ikki bor durang o'ynagan. Qolgan to'qqiz o'yinda koreyaliklarning qo'li baland kelgan. Janubiy Koreya darvozasiga jami 12ta to'p kiritgan bo'lsak, ertangi raqiblarimiz terma jamoamiz darvozasiga umumiy hisobda 27ta gol urishga erishgan.

O'zbekistonning Janubiy Koreya ustidan qozongan g'alabasi ushbu jamoalar o'rtasidagi dastlabki uchrashuvga to'g'ri kelgan. 1994 yilda Xirosima shahrida, Osiyo o'yinlari yarim finalida O'zbekiston milliy terma jamoasi Janubiy Koreyani 1:0 hisobida mag'lub etgandi.

Jamoalar o'rtasidagi so'nggi uchrashuv esa Avstraliyaning Melburn shahrida, Osiyo Kubogi 2015 chorak finali doirasida bo'lib o'tib, unda qo'shimcha taymlarda Son Xyon Min tomonidan kiritilgan ikki gol evaziga Janubiy Koreya keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritgandi.

Ertangi nazorat uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 16:00da boshlanadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика