Ertaga Xirosima-94 chempionlari bolalarga quvonch ulashadilar
30 may 2016 13:57
Yangiliklar
Ertaga Xirosima-94 chempionlari bolalarga quvonch ulashadilar
31 may kuni soat 15:00da boshlanadigan tadbirda, Toshkent shahri mahallalarida to'p tepayotgan, 2006 yilda tavallud topgan kelajakning charm to'p ustalari o'rtasidagi musobaqaning final o'yini bo'lib o'tadi.
SHundan so'ng, O'zbekiston madaniyat va sport ishlari vazirligi hamkorligida tashkil etilayotgan tadbirning ikkinchi qismiga start beriladi. Unda Azamat Abduraimov sardorligidagi Xirosimada bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlari g'oliblari, O'zbekiston iftihori - Ravshan Ermatovning jamoasiga qarshi shou o'yinida bahs olib boradilar.
SHu kuni el suygan sanatkorlar, "1 iyun - xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan, O'zbekiston futbol akademiyalarida taxsil olayotgan yoshlarni o'z qo'shiqlari bilan quvontiradilar.
Barchangizni mazkur tadbirga taklif etamiz.
Fikrlar