Xirosimadagi yangi stadionda tribunadagi to'sinlardan biri qulab tushdi

Оқил Абдубарноев
15 may 2024, 02:50
Hodisa oqibatida hech kim jarohatlanmagan.

Yaponiyaning Xiromi shahrida joriy yilning fevral oyida foydalanishga topshirilgan "Edion Peace Wing Xirosima" stadioni tribunasidagi ustunlardan biri qulab tushdi.

Zanglamaydigan po'latdan yasalgan ustunning uzunligi 15 metr, og'irligi esa 70 kilogrammni tashkil etadi. Voqea ayollar futbolchi bo'yicha mamlakat chempionati paytida ro'y bergan.

Ustun qulagan tribunada tomoshabinlar bo'lmagan va hech kim shikastlanmagan. Hodisa sabablari o'rganilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: NHK