Ertaga “Lokomotiv” va “Paxtakor” yoshlarining navbatdagi to'qnashuvi
12 fev 2016 12:35
Yangiliklar
Ertaga “Lokomotiv” va “Paxtakor” yoshlarining navbatdagi to'qnashuvi
Mavsumga tayyorgarlikni Toshkentda davom ettirayotgan “Lokomotiv” yoshlar jamoasi navbatdagi uchrashuvni ertaga – 12:00 da “Paxtakor”ga qarshi o'tkazadi.
Bellashuv “paxtakorchilar”ning Qibraydagi bazasiga qarashli stadionda bo'lib o'tadi.
2016 yil hisobidan birinchi o'rtoqlik o'yini ham aynan “Paxtakor” yoshlariga qarshi bo'lib o'tgan va bellashuvda 0:0 hisobi qayd etilgandi. 6 fevral kuni “Paxtakor-2” jamoasiga qarshi o'yinda esa bir qator yangi futbolchilar ko'rikda o'tishgandi. 13 fevraldagi bellashuvda murabbiylar shtabi saralab olgan yigitlar harakat qilishadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar