Ertaga "Lokomotiv" - "Nasaf" o'yini
07 jan 2014 13:30
Yangiliklar

Ertaga "Lokomotiv" - "Nasaf" o'yini
Ertaga OCHL-2014 pley-off uchrashuviga tayyorgarlik ko'rayotgan Toshkentning "Lokomotiv" va Qarshining "Nasaf" jamoalari o'zaro o'rtoqlik o'yinida maydonga tushishadi.
Rejaga ko'ra, o'yin soat 11da boshlanishi kerak. "Nasaf" tomoni uchrashuvni tabiiy (chimli) maydonda o'tkazishni so'rayotgan bo'lsa, "temiryo'lchilar" suniy qoplamali maydoni afzal bilishmoqda.
O'zbekiston vice-chempionlari hozirgi ob-havo sharoitida maydonning sifatiga putur etishidan havfsirashyapti. Har qanday holatda ham nazorat o'yini bo'lib o'tadi. Faqat uchrashuv manziliga oydinlik kiritib olinsa bo'lgani. Agar "Nasaf" taklifi qabul qilinsa, o'yin poytaxt viloyatida joylashgan "Lokomotiv"ga qarashli "Do'stlik" stadionida o'tkaziladi. "Lokomotiv" o'z so'zida turib olsa, u holda futbolimiz etakchilari ishtirokidagi o'yinga suniy qoplamali "CHilonzor" stadioni mezbonlik qiladi.
Takidlash joiz, bu ikki jamoa O'zbekiston XXII milliy chempionati oliy ligasining 2-turida ham o'zaro Toshkentda to'qnash kelishadi. Ikkala jamoa ham 11 yanvardan OCHL pley-off o'yiniga tayyorgarlikni mos ravishda BAA va Turkiyada davom ettirishadi.
Eslatib o'tamiz, Ro'ziqul Berdiev jamoasi 8 fevral kuni yagona o'yindan iboran pley-off bahsida Dohada Qatarning "Al-Jaish" klubi mehmoni bo'ladi. Hakim Fuzaylov shogirdlari esa xuddi shu kuni Toshkentda "Al-Quvayt" (Quvayt) - "Al-SHorta" (Iroq) juftligi g'olibini qabul qiladi. Bu juftlik 2 fevral kuni o'zaro maydonga tushishadi va "Lokomotiv"ga kim ro'baro' kelishiga oydinlik kiritib berishadi.

Fikrlar