Ertaga ECHL yarim finaliga qura tashlanadi
23 apr 2015 11:51
Yangiliklar


Ertaga ECHL yarim finaliga qura tashlanadi
Ertaga Evropa chempionlar ligasi yarim finaliga qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi.
Toshkent vaqti bilan soat 15:00da boshlanadigan tadbirda yarim final juftliklari malum bo'ladi.
CHorak final yakunlariga ko'ra yarim finalda "Bavariya" (Germaniya), "Barselona" (Ispaniya), "Yuventus" (Italiya) va "Real Madrid" (Ispaniya) klublari yo'llanma olishdi.
Qurada hech qanday cheklovlar bo'lmaydi. Yani istalgan klub istalgan raqibga tushishi mumkin.
Qaysi jamoa nomi yozilgan shar birinchi bo'lib olinsa o'sha jamoa yarim finaldagi ilk uchrashuvni o'z maydonida o'tkazadi. Dastlabki o'yinlar 5/6 may, javob bahslari 12/13 may kunlari bo'lib o'tadi.
Qura vaqtida finalda qaysi juftlik g'olibi nominal mezbon bo'lishi ham aniqlanadi.
Final uchrashuvi 6 iyun kuni Berlindagi "Olimpiashtadion" stadionda bo'lib o'tadi.

Fikrlar