Ertaga “Cementchi” “Qo'qon-1912” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazadi
27 dek 2017 13:41
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/296403_original.jpg)
![](/upload/storage/296403_220.jpg)
Ertaga “Cementchi” “Qo'qon-1912” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazadi
Yangi mavsumdan Super ligada ishtirok etadigan Quvasoyning “Cementchi” jamoasi ertaga ilk nazorat uchrashuvini viloyatning yana bir vakili “Qo'qon-1912” jamoasiga qarshi o'tkazadi.
Ushbu nazorat uchrashuvidan so'ng jamoa yangi mavsumga tayyorgarlikning 1-bosqichini yakunlaydi va yangi yil bayrami munosabati bilan futbolchilarga kichik tatil beriladi.
Jamoa azolari ikkinchi yig'inni tatildan so'ng katta extimol bilan Toshkent shahrida davom etdirishni rejalashtirgan.
“Cementchi” va “Qo'qon-1912” jamoalari o'rtasidagi nazorat uchrashuvi ertaga 28-dekabr soat 11:00 da Qo'qon shahrining markaziy o'yingoxida o'tkaziladi.
“Cementchi” matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar