So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  0 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  3 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  3 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

"Ertaga bizni o'zgacha to'qnashuv kutmoqda" - Jezualdu Ferreyra ishtirokidagi matbuot anjumani Yangiliklar

"Ertaga bizni o'zgacha to'qnashuv kutmoqda" - Jezualdu Ferreyra ishtirokidagi matbuot anjumani

Osiyo CHempionlar ligasi 4-tur doirasidagi "Al Sadd" - "Paxtakor" uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida dastlab mezbonlar vakillari ishtirok etishdi.

Jezualdu Ferreyra: "Ertaga OCHL guruh bosqichining ikkinchi davrasiga start beriladi. Toshkentda qiyin bahsni o'tkazdik. "Paxtakor"ga qarshi ilk o'yindan keyin tegishli xulosalarni chiqarganmiz. Bizni qiziqarli va shu bilan birga juda qiyin o'yin kutmoqda. Aytish mumkinki, "Paxtakor"  jismonan va taktik taraflama ancha pishiq jamoa. Osiyo chempionlar ligasida oson uchrashuvlarning o'zi yo'q. Ayni paytda guruh bosqichidan chiqish vazifasini uddalash haqida o'ylayapmiz. Buning uchun esa ertangi bellashuvda g'alaba qozonish talab etiladi. SHu boisdan ham biz ertangi o'yinga faqat g'alabani ko'zlagan holda maydonga tushamiz. Avval ham aytganimdek, "Paxtakor" to'pni xush ko'ruvchi jamoa va biz ertaga ularni o'z uslubilarida o'ynashlariga yo'l qo'ymaslikka harakat qilamiz. Motivaciya? Bu taraflama muammo yo'q. Ertangi o'yin ahamiyati yuqori. SHu boisdan ham motivaciya etishmasligi haqida gap-so'z bo'lishi mumkin emas. Bizni o'zgacha va maxsus rejalar ostida o'tadigan qiziq to'qnashuv kutmoqda".


Hamid Ismoil (futbolchi): - Murabbiyning fikrlariga qo'shilaman. Bizni ertaga jiddiy va qiziq uchrashuv kutmoqda. Bu jamoaga qarshi ilk o'yin chiroyli va tomoshabop chiqdi. Ertaga ham muxlislarga yoqadigan o'yin bo'lishiga shubha yo'q. Biz o'z uyiimizda raqibdan ustun kelishga harakat qilamiz. Afif? To'g'ri, uning yo'qligi yo'qotish. Lekin bizda futbolchilar bir-birini o'rnini to'ldirish salohiyatiga ega.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика