Errera "Vest Bromvich" bilan o'yinga tayyor

Aslanov Jasurbek
17 okt 2014, 11:06
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Ander Errera "Vest Bromvich"ga qarshi Angliya Premer-ligasining sakkizinchi tur o'yinida ishtirok etishga tayyor.

Xabarlarga ko'ra, yarim himoyachi qovurg'asi sinishini davolagan. Futbolchining o'yindagi ishtiroki haqidagi so'nggi qarorni jamoaning tibbiy shtabi qabul qiladi.

Eslatib o'tamiz, Errera ikki hafta oldin "Everton"ga qarshi o'yinda (2:1) qovurg'asini sindirib olgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com