Eronning "Zob Ohan" jamoasi "Lokomotiv"ning guruhidan o'rin oldi
30 jan 2018 21:23
Yangiliklar
Eronning "Zob Ohan" jamoasi "Lokomotiv"ning guruhidan o'rin oldi
Bugun Osiyoning 8ta shahrida CHempionlar Ligasi pley-off bahslari bo'lib o'tmoqda.
Eronning "Zob Ohan" klubi o'z uyida Hindistonning "Aizavl" jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Qiziqarli tarzda kechgan bellashuv 83-daqiqaga qadar 1:1 hisobida davom etdi. Lekin fors jamoasi yakunda raqibdan tajribaliroq ekanini namoyish eta oldi va so'nggi daqiqalarda 2ta gol kiritib, Osiyo CHempionlar Ligasi "B" guruhidan o'rin egallaydigan bo'ldi.
"Zob Ohan" - "Aizavl" 3:1
Gollar: M. Rajabzoda (3), M. Tabrizi (83, 90) - A. Ionesku (21)
Takidlab o'tamiz, endilikda "Lokomotiv" o'rin olgan guruhda "B" guruhida Qatarning "Al Duhail", BAAning "Al Vahda" hamda Eronning "Zob Ohan" jamoalari o'zaro bahs olib borishgadigan bo'ldi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar