Eronning O'zbekistonga qarshi o'yinga taklif qilingan futbolchilari malum
09 iyu 2015 13:29
Yangiliklar


Eronning O'zbekistonga qarshi o'yinga taklif qilingan futbolchilari malum
Eron milliy terma jamoasining rasmiy sayti malum qilishicha, Toshkentdagi o'yinga terma jamoaga jalb etilganlarning 7 nafari kela olmaydi.
Xabarda malum qilinishicha, Eron terma jamoasining ikki nafar azosi - Ashkan Dejaga hamda Alirizo Jahonbaxsh jarohatlangan. Qosim Hadadifarda kuchli charchoq alomatlari borligi tufayli jamoa shifokorlari uni ushbu o'yinda ishtirok etmasligi haqida qaror qabul qilishgan. Karim Ansorifard esa yaxshi sport formasida emas ekani sabab qilib ko'rsatilgan.
Ikki nafar futbolchi Mehrdod Puladi va Soruash Rafey esa harbiy xizmatga jalb etilgan.
Jamoaning yana bir azosi Jalol Husayniga esa soliqlarni o'z vaqtida to'lamagani bilan bog'liq muammolar sabab mamlakatdan chiqishga ruxsat berilmagan.
Quyida Eron terma jamoasining O'zbekistonga qarshi o'rtoqlik, hamda Turkmanistonga qarshi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasidagi o'yinlarga jalb etilgan futbolchilar ro'yxatini keltirib o'tamiz.
Muhammadrizo Akbri | “Saypa” |
Vohid Amiri | “Naft” Tehron |
Sardar Azmun | “Rubin” Qozon |
Alirizo Biranvand | “Naft” Tehron |
Hoshim Begzohid | “Istiqlol” |
Umid Ibrohimiy | “Istiqlol” |
Said Izatulahiy | “Atletiko Madrid” |
Vurya Gafuriy | “Sepahon” |
Rizo Guchanijod | “Al Vakra” |
Qosim Hadadifar | “Zob Ahan” |
Alirizo Hagigi | “FKPenafiel” |
Ehson Hajsafiy | “Sepahon” |
Husrav Haydariy | “Istiqlol” |
Jalol Husayni | “Al Ahli” |
Muhammad Husayni Xoni-Zodogon | “Malavan” |
Susha Makani | “Persepolis” |
Milod Muhammadi | “Rah Ahan” |
Pejman Muntazari | “Um Salal” |
Murtazo Puraliganji | “Tinajin Teda” |
Ezzatulloh Purga | “Malavan” |
Ramin Rizoin | “Rah Ahan” |
Mehdi SHarifi | “Sepahon” |
Masud SHojai | “Al SHahaniya” |
Mehdi Taromi | “Persepolis” |
Andranik Temuryan | “Traktorsozi” |

Fikrlar