So’nggi yangiliklar

15:50"Барселона" футболчиси Ачербига тупиргани учун 4та ўйингача четлатилиши мумкин  10 15:04Венгер Кубарсининг Лаутарога қарши "подкати" ҳақида: "Мен бундай пенальтиларга ва секинлаштирилган кадрлардан фойдаланишга мутлақо қаршиман"  13 14:31Эшитдик-да! Осиё чемпиони бўлган мураббий 2 та Суперлига клуби таклифини рад этди  14 14:23"Машъал" "Қизилқум"ни Ғузорда қабул қилади  1 14:11Собиқ ҳакам Фернандес Ачербининг голи ҳақида: "Қоида бузилмаган. Мартин ўз хатосида ҳакамни айблади"  15 13:08Инфантино Трампга Россия ва халқаро турнирлар ҳақида: "Умид қиламизки, тинчлик ўрнатилади ва улар яна қабул қилинади". АҚШ президенти русларнинг четлатилишидан "бехабар" эди   2 12:40Илёс Зейтуллаев Россия терма жамоасида ўйнаш таклифига нега рад жавоби берганини гапириб берди  11 12:27Ямал "Барселона" билан Чемпионлар Лигасини ютишга ваъда берди: "Биз бунга эришмагунча тўхтамаймиз"   46 12:19Остон Ўрунов машғулотларга қайтди  9 11:56"Арсенал" ҳали ҳам фаворит номига лойиқми?  11 10:52"Реал" Трентдан сўнг кейинги йил "Ливерпул"нинг яна бир асосий ҳимоячисини текинга олмоқчи  4 10:25Суперлига 9-тур расмийлари маълум. Марказий ўйинни Олим Тўйчибоев бошқаради  4 10:05“Барселона“ ТОП футболчини текинга қўлга киритиши мумкин  17 09:40“Манчестер Юнайтед“ Гарначога нарх белгилади  1 09:11“Интер“ — “Барселона“ барча даврлар рекордини такрорлади  63

Eronning eng sevimli klubi yoxud "Persepolis" haqida Yangiliklar

Eronning eng sevimli klubi yoxud "Persepolis" haqida

CHempionlar ligasida eng ko'p muxlis yig'ish bo'yicha rekord sohibi bo'lib turgan “Persepolis”ga Eronning o'zida 30 milliondan oshiq aholi muxlislik qilishi aytiladi.
Jamoa Erondagi eng sevimli klub hisoblanadi. Oxirgi mavsumlarda ishqibozlarni katta g'alabalar bilan xursand etmayotgan Tehron klubi OCHLda katta ishtiyoq bilan o'ynashga qaror qilgan.

“PERSEPOLIS” FUTBOL KLUBI
Laqablari:
qizil armiya, qizillar, sherlar
Tashkil topgan vaqti: 1963 yil, dekabr
Stadioni: Ozodi, Tehron, 84412 tomoshabinga mo'ljallangan
Bosh murabbiyi: Hamid Derahshon
Menejeri: Hamid Rizo Siasi
Erishgan yutuqlari: 9 bor Eron chempioni (1971-72, 1973–74, 1975–76, 1995–96, 1996–97, 1998–99, 1999–00, 2001–02, 2007–08), 5 marta Eron Kubogi sohibi (1987, 1991, 1999, 2010, 2011), 1 bor Osiyo Kubok egalari Kubogi sohibi (1991). O'n martadan ortiq turli mahalliy Kubok musobaqalarida g'olibga aylangan.

Eron futbolining gegemonlaridan biri sanalgan Piruzi yangi asrda sezilarli tarzda kuchsizlandi. Natijada birinchi o'n yillikda faqat ikki bor mamlakat chempionligi qo'lga kiritildi. Oxirgi marta jamoa 2008 yil chempionatda oltin medallarga ega chiqqan. SHunga qaramay, ushbu jamoani o'z maydonida juda ko'p ishqiboz qo'llab-quvvatlaydi. OFK tahliliga ko'ra, Persepolis Al Hilol va Guanchjou Evergrand bilan birga qitada eng ko'p muxlisga ega bo'lgan klublar sanaladi. Eronlik futbol ixlosmandlarining 61 foizi aynan ushbu jamoaga muxlislik qilishining o'zi ham ko'p narsani aytib turibdi. Qizillar tarkibida hamisha Eron futboli liderlari to'p tepib kelishgan. Avval Ali Dai, Ali Karimi, Karim Bageri, Rahmon Rizoi singari o'yinchilari faoliyat ko'rsatishgan.

“Persepolis” klub sifatida juda katta imkoniyatlarga ega. Ushbu nomdagi universitetni tashkil qilgan klub talabalarga futbol va futzal murabbiyligi, fitness, sport sharhi va o'yin sharhlovchisi kabi yo'nalishlarda talim berib kelyapti. 2013 yilning iyun oyida shaxsiy telekanalini ishga tushirgan. Internet orqali tinglash mumkin bo'lgan radiodasturlari va eshittirishlari ham mavjud. Energetik ichimlik ishlab chiqarish tashkil etilgan. SHuningdek, muxlislar o'zlarini jamoa hayoti ichida his qilish uchun klub nomidagi restoranlar ishga tushirilgan. Hozirda 4ta shunday restoran faoliyat ko'rsatmoqda.
Bosh murabbiy Hamid Derahshan klub safida 12 mavsum o'ynagan. O'tgan yili 17 yillik tanaffusdan so'ng bosh murabbiy sifatida qadrdon jamoasiga qaytdi. CHempionlar ligasining birinchi turida “Lahviya”ni qabul qilgan “Persepolis” raqibni yirik hisobda dog'da qoldirdi. Doxaliklar tarkibi oldingi yilga qaraganda bir oz kuchsizlangan bo'lsa-da, mezbonlarning yirik g'alabasini ko'pchilik kutmagandi. Demak, sovrinlarga ega chiqmayotgan jamoani mensimaslikdan yiroq bo'lish lozim.



Hamid DERAHSHAN
Tug'ilgan sanasi:
23.01.1959
Tug'ilgan joyi: Tehron, Eron
Futbolchilikdagi poziciyasi: yarim himoyachi
O'ynagan jamoalari: 1977–1987 “Persepolis”, 1987–1991 “Qatar SK”, 1991–1992   “Al Sadd”, 1992–1994 “Persepolis”.
Eron milliy terma jamoasida 1980–1993 yillarda 41 uchrashuvda 9 to'p kiritgan.
Boshqargan jamoalari: 1994–1995, 1997 “Persepolis”, 2001–2002   Eron U-17 terma jamoasi, 2004 “Sorxpushan”, 2004 “Xoma”, 2009–2010 “Paykon”, 2010–2011 “SHarhdori”, 2011–2012 “SHahin Bushehr”, 2012–2013 “Damash”, 2014 yildan “Persepolis”da.

Jamoa tarkibida milliy terma jamoaga nomzod futbolchilar bor. Legionerlar uch nafar bo'lib, himoyachi Maykl Umanya Kosta Rika terma jamoa azosi sanaladi. U Braziliyadagi jahon chempionatida terma jamoasi bilan chorak finalgacha etib bordi. Yarim himoyachi Fernando Gabriel va hujumchi Joze Junior Braziliyadan. Ular asosan hujumni keskinlashtirish uchun javobgardirlar.

Darvozabonlar
1. Susha Makani
41. Murtazo Pur
44. Masud Hamami

Himoyachilar
3. Muhammadrizo Xonzoda
4. Maykl Umanya (Kosta Rika)
5. Mahdi Jafarpur
6. Muhsin Bengar
20. Alirizo Nurmuhammadi
30. Mobin Dorag'i
99. Babak Hotami

Yarim himoyachilar
2. Omid Alishoh
11. Payam Sodig'iyan
14. Muhammad Nuri
15. Afshin Ismoilzoda
18. Mehrdod Kafshg'ari
19. Milad Kamandani
26. Hamidrizo Aliasqari
28. Ahmad Nurollohi
66. Fernando Gabriel (Braziliya)

Hujumchilar
8. Mehdi Daqaqili
10. Rizo Norozi
16. Rizo Xoliqfar
17. Mehdi Taremi
22. Joze Junior Tadeu (Braziliya)
24. Hadi Norozi
33. Muhammad Abboszoda
77. Ali Alipur


Behzod NAZAROV
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика