So’nggi yangiliklar

18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  0 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  0 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  5 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  1 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  2 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  4 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  8 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  1

Eronlik jurnalist: "O'zbekistonga qarshi bahslar oson kechmasligi aniq" Yangiliklar

Eronlik jurnalist: "O'zbekistonga qarshi bahslar oson kechmasligi aniq"

JCH-2026 saralash bosqichiga qura tashlanganidan so'ng Eron sport jurnalistlari associaciyasi prezidenti Abdulhamid Axmadiy saytimizga qura natijalari haqida intervyu berdi.

- Qura natijalari haqida qanday fikrdasiz? Eron oson guruhdan joy oldi deb o'ylaysizmi?

- O'ylashimcha, jahon chempionatining dastlabki saralash bosqichida barcha guruhlarning o'ziga xos qiyinchiliklari bor. SHuning uchun Eronning raqiblarini oson raqiblar deb bo'lmaydi. Bu guruhdagi raqobatchi jamoalar bor kuch va g'ayrat bilan musobaqada qatnashadi va ayniqsa, Eronga qarshi bor kuch salohiyatini ishga solishadi.

- Sizningcha, O'zbekiston Eron terma jamoasiga muammo tug'dira oladimi?

- O'zbekiston milliy terma jamoasi Eronning ushbu guruhdagi eng qiyin raqibi bo'ladi deb o'ylayman. CHunki O'zbekiston terma jamoasi Osiyo qitasining eng kuchli terma jamoalaridan biri va bu jamoa o'yinchilari yuqori texnika va jismoniy kuchga ega. Ammo bu guruhdagi jamoalar uchun O'zbekistonga qarshi o'yinlar oson kechmaydi.

- O'zbekiston guruhda Erondan o'zib ketish imkoniyatini qanday baholaysiz?

- Tabiiyki, buni oldindan aytish qiyin va bu o'yin kunidagi ko'p faktorlarga bog'liq bo'ladi. Albatta, Evropa klublarida eronlik legionerlar borligi tufayli Eron milliy futbol terma jamoasining holati yaxshiroqdek ko'rinadi. Ammo, aytganimdek, futbol o'yinlari natijalarini bashorat qilish unchalik oson emas va biz o'yin kuni, jamoalarning jismoniy va ruhiy tayyorgarligi, futbolchilarning motivaciyasi, reja va taktikalarga bog'liq bo'ladi va ushbu faktorlar o'yin natijasini hal qiladi.

Abdulvosit Bektemirov yozib oldi

Eslatib o'tamiz, 27 iyul kuni 2026 yilgi JCH va 2027 yilgi OK musobaqalari 2-qo'shma saralash bosqichiga qura tashlangandi. Unda O'zbekiston "E" guruhida Eron, Turkmaniston va Gonkong/Butan bilan bahs olib borishi malum bo'ldi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика