So’nggi yangiliklar

01:47Миллатлар лигаси. Роналду 900-голини урган ўйинда Португалиядан ғалаба ва бошқа натижалар  2 01:10Сенсация! Манчинининг Саудияси Индонезияни мағлуб қила олмади  4 00:55Жалолиддин Машарипов: "Ўйинимиздан кўнглим тўлмади, бундан яхшироқ ўйнай оламиз"  0 00:36Бу даҳшат! Роналду фаолиятидаги 900-голини урди  7 00:22Ўзбекистон термасида Сречко Катанец қўл остида илк марта шундай ҳолат кузатилди  9 00:05Шерзод Насруллаев: "Майдоннинг ҳолати яхши эмаслиги бугунги ўйинга таъсир қилди"  14 23:40Элдор Шомуродов: "Ҳар бир учрашувда фақатгина уч очко учун ўйнаймиз"  8 23:22ЖЧ саралаши. Эрондан кичик ғалаба, БАА Қатарда камбек амалга оширди  17 22:59Миллатлар лигаси старт олмоқда! Португалия - Хорватия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари билан танишинг  4 22:24ЖЧ саралаши. B ҳамда C гуруҳидаги ўйинларнинг асосий таркиблари маълум бўлди  6 21:58Сречко Катанец: "Мақсадимиз томошабоп ўйин эмас, ЖЧга чиқиш"  47 21:44Жалолиддин Машарипов: "Яхши ўйнадик дея олмайман, асосийси ғалаба"  20 21:34КХДР бош мураббийи: "Биз кутган натижа бўлмади"  18 21:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР 1:0, Машарипов голини Роналду услубида нишонлади  31 20:54ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон КХДРни мағлуб этиб, учинчи босқични 3 очко билан бошлади  339

Eronda revansh olinadimi?, Diyor Imomxo'jaevning Babayanga murojaati yoxud Erudit Sportda o'qing! Yangiliklar

Eronda revansh olinadimi?, Diyor Imomxo'jaevning Babayanga murojaati yoxud Erudit Sportda o'qing!

Teglar :  Erudit Sport
Mamlakatimizning etakchi sport nashrlaridan biri Erudit Sportning 8 iyun, payshanba kuni sotuvga chiqadigan yangi soni anonsi bilan tanishtiramiz.

Odatdagidek, gazetaning #46-sonida ham dolzarb mavzular ko'tarilgan. Ayniqsa, Eron – O'zbekiston o'yiniga katta urg'u berilgan.

JONLI IJROGA TAYYORMISIZ, BABAYAN?
Gazetaning kirish qismidagi 2-sahifada jurnalist Diyor Imomxo'jaev o'z maqolasi bilan chiqish qilib, Erondagi o'yin oldidan milliy terma jamoamizning muhim pallalardagi g'alabalarini eslab, Samvel Babayanga murojaat etgan.
Marhamat, janob Babayan, navbat sizniki… deya yakunlangan maqolani albatta o'qing!

KELAJAK QACHONDAN BOSHLANADI?
Xuddi shu sarlavhali maqola bilan kirish qismidagi 3-sahifada esa taniqli jurnalist Xayrulla Hamidov chiqish qilgan. Erondagi o'yin oldidan jurnalist faqat o'ziga xos bo'lgan tasirli maqola yozgan.
O'zbekiston terma jamoasi oldida mavsumning eng zo'r o'yini turibdi. YO bor qiladigan, yo yo'q qiladigan… Men hozir boshqa masalaga etibor qaratmoqchiman. Bu masala yaqinda kimdirlar tomonidan qo'zg'alib qolishi mumkin. SHu qadar chigal va ayyor mavzuki, uni turli davrlarda turli odamlar gapirishga odatlanishgan. Lekin ularning o'sha gaplari o'sha payt uchun mutlaqo xolis bo'lmaydi… Xayrulla Hamidov kim va nimalar haqida gapirgan. Gazetada o'qib, bilib olasiz.

O'ZBEKISTONNING TRANSFER NARXI KO'TARILGAN 6 FUTBOLCHISI
Nashrning 4-5 sahifalarida O'zbekiston terma jamoasining transfer bahosi ko'tarilgan 6 futbolchisi haqida maqola berilgan. Infografika asosida berilgan maqolada futbolchilarning 2016 va 2017 yildagi transfer bahosi taqqoslanib, termamiz futbolchilari necha ming evroga qimmatlashgani elon qilingan. Bu qaysi futbolchilar va ularning transfer narxi qancha? Usmon Ibodov tahlili asosida tuzilgan reyting sizni beetibor qoldirmasligiga kafolat bor.

TEHRONDA KIM BAYRAM QILADI?
6-sahifada aynan ushbu sarlavhali maqolada jurnalist O'tkir Jalolxonov Eronga qarshi o'yin oldidan terma jamoalar imkoniyati, kuchli va kuchsiz jihatlari, o'zaro o'yinlar va taxminiy tarkiblar borasida o'z qarashlarini ilgari surgan. Bu borada jamoamizda ustunlik etarlicha.

ABRAMOV SARKISYAN BILAN ISHLAYDIMI?
7-sahifada esa Vadim Abramov ESga intervyu berib, Neftchida ish boshlashi va Eronga qarshi o'yinlari borasida fikrlarini bayon etgan. O'z vaqtida Neftchida Yuriy Sarkisyandan taklif olib, Farg'onada faoliyat yuritgan Abramov bu safar Yuriy Sarkisyanni Neftchiga taklif etadimi? Vadim Abramovning javobini gazetada o'qing.

TERMIZDA KURASH BAYRAMI
8-9-sahifalarda esa gazeta muxbiri Karimberdi To'ramurod Termizda bo'lib o'tgan At-Termiziy nomidagi kurash turnirini bosh voqealarini chiroyli tarzda yoritib kelgan. CHindanam, Termizdagi musobaqa ajoyib va taassurotlarga boy o'tgan.

ERON SO'NGGI BOR MAG'LUB BO'LGAN O'YIN
10-sahifada esa Qosimov boshchiligidagi O'zbekiston termasining 2012 yildagi Tehronda qozongan g'alabasi eslangan.
Eng qizig'i shuki, oradan 5 yil o'tib ham, Ulug'bek Baqoevdan keyin boshqa hech bir futbolchi JCH oxirgi saralash bosqichida Eron darvozasiga hattoki gol ura olmagan!

OSIYO YO'LBARSLARINING KUCHI NIMADA?
11-sahifadagi ushbu maqolada forslarning bugungi kundagi eng kuchli va eng xavfli besh futbolchisi haqida to'liq malumot berilgan. Sardor Azmun va uning sheriklari bilan to'liq tanishish mumkin.

KATTA O'YIN OLDIDAN KICHIK REPETICIYA
3353 tomoshabin tashrif buyurgan O'zbekiston – Tailand (2:0) o'yini atrofidagi va ichidagi voqealarga sharh berib o'tilgan.
SHarh yakunida savol tug'ilgan: Bunday o'rtoqlik o'yinlarda ham Sergeev, Andreevlar bilan cheklanilsa, taklif etilgan yangi futbolchilar qachon sinovdan o'tkaziladi? CHindanam, o'rinli savol, shunday emasmi?

PROFESSIONALLIK
Jurnalist Ulug'bek Rahmonqulov Realning CHempionlar Ligasidagi g'alabasi va Zidan, Ronaldu, Buffonning proffesionalligi borasida o'z uslubida mulohaza yuritgan. Real va Yuve muxlislari mutolaa qilishlari shart.

OLTIN TO'P MASALASIDA ENDI MUNOZARAGA HOJAT YO'Q
Gazetada Krishtianu Ronalduning finaldan keyin ispan nashriga bergan intervyusi ham joy olgan. Qolaversa, amirlik Umar Abdulrahmon va portugal afsonasi Luish Figular bilan intervyularni o'qishingiz mumkin.

MESSI NEYMARGA, FRANCIYA ANGLIYAGA QARSHI
Haftaning muhim o'yinlari prevyusida terma jamoalarning o'yinlari o'rin olgan. Bu haftada ajoyib o'yinlar ko'p. Jumladan, Messi Argentinasi Neymarning Braziliyasiga qarshi saf tortadi.

SHUNINGDEK…
Evropa va jahon futboliga oid eng muhim voqealiklar sharhi, transferlar, reytinglar, o'yinlar va dolzarb mavzular, eng qiziqarli maqolalardan ham bahramand bo'lish imkoniyati sizda mavjud.

DARVOQE… ZIDAN IZIDAN…
Gazetani yopib beruvchi so'nggi 48-sahifadagi Ofsayd ruknida Diyor Imomxo'jaev Realning ECHL g'olibligi haqida Zidan izidan maqolasi bilan chiqish qilgan:
…Kardiff hammasini joy-joyiga qo'ydi. Krishti dunyoning eng kuchli himoyasini ikki marta yorib o'tdi. “Yuventus” butun turnir davomidagi 12 ta uchrashuvda 3 ta gol o'tkazsa-yu, faqatgina “Real”ning o'zidan 90 daqiqa ichida 4 ta gol qabul qilib olsa - buning tasodif ekaniga kimni ishontirish mumkin? Final 1 ta o'yindan iborat ekanini hamma biladi, “Yuventus” ham. O'sha kecha Allegri va jamoasining kuni emasdi, deydigan o'yin ko'rmadik. “Real” tarixga kirgan kuni raqibidan ochiqchasiga ustun bo'lganini birga tomosha qildik, shunday emasmi?... - deyiladi maqolada. SHubhasiz, ushbu maqola bilan Diyor Imomxo'jaev Real muxlislari ko'nglini topa olgan.

Biz shu erda to'xtaymiz. Erudit Sport gazetasini xarid qilib, afsuslanmasligingizga kafolat bera olamiz. Gazetani 8 iyun, payshanba kunidan shahar va tumaningizdagi matbuot do'konlari va xususiy gazeta tarqatuvchilardan sotib olishingiz mumkin. Futbolga bo'lgan chanqog'ingiz qondirilishiga ishonamiz. SHoshiling!

Erudit Sport gazetasi #46-soni muqovasi:


Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика