Eron yana Trinidad va Tobago bilan o'ynaydi
08 okt 2018 13:33
Yangiliklar
Eron yana Trinidad va Tobago bilan o'ynaydi
Osiyo Kubogi-2019 musobaqasiga tayyorgarlik ko'rayotgan Eron terma jamoasi Trinidad va Tobagoga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
Mazkur uchrashuv 15 noyabr kuni Tehrondagi "Ozodi" stadionida bo'lib o'tadi. Trinidadliklar bosh murabbiyi Dennis Lourens jamoasi Eronga qarshi o'ynashdan mamnun ekanini bildirib o'tdi.
"Eron kuchli jamoa deydi, - Trinidad va Tobago bosh murabbiyi - Ular FIFA reytingida 33-o'rinni egallab turishibdi va bu bejizga emas. Qolaversa, Eron jahon chempionatida ham munosib ishtirok etdi".
Malumki, forslar mundialdan oldin ham ushbu jamoaga qarshi nazorat bahsini o'tkazishgandi. O'shanda Eron 2:0 hisobida g'alaba qozongan hamda gollarga Ehsan Haji Safi bilan Rizo Guchannajod mualliflik qilgandi. Eron shuningdnek, 16 oktyabr kuni Boliviyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
Fikrlar