So’nggi yangiliklar

18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  0 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  1 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  1 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  3 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  8 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  10 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2

Eron U-23 terma jamoasi murabbiyi: "Tayyorgarlikdan umuman qoniqmayapman" Yangiliklar

Eron U-23 terma jamoasi murabbiyi: "Tayyorgarlikdan umuman qoniqmayapman"

Tailandda bo'lib o'tadigan U-23 Osiyo chempionatida Eron terma jamoasi biz bilan bitta guruhda bahs olib boradi.

Eron olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Hamid Estili jurnalistlarga bergan intervyusida U-23 Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'ngildagidek ketmayotgani haqida gapirdi. 

Malumot uchun, Eron "C" guruhida O'zbekiston, Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi bahs olib boradi. Tailanddagi musobaqa 8-26 yanvar oralig'ida bo'lib o'tadi va kuchli uchlikka kirgan jamoalar Tokio Olimpiadasiga yo'llanma olishadi. 

Ushbu musobaqaga tayyorgarlik haqida eronliklar ustozi shunday dedi: 

- "SHanba kuni mashg'ulotlarni boshladik, lekin mashg'ulotdan umuman ko'nglim to'lmayapti, chunki barcha futbolchilar safimizga kelib qo'shilgani yo'q. Federaciya bilan og'zaki kelishuvga ko'ra Eron chempionati vaqtincha to'xtatib turilishi lozim edi, lekin unday bo'lmadi. O'yinlar hamon davom etyapti. Buning ustiga "Istiqlol" va "Sepaxon" o'z o'yinchilarini terma jamoaga qo'yib yubormadi". 

- "20 dekabr kuni Dohaga uchishimiz kerak, lekin tarkibimiz to'liq emas. O'ylaymanki, Eron futbol federaciyasi vaziyatni to'g'ri tushungan holda tayyorgarlik dasturimizga o'zgartirish kiritadi. Biz juda kuchli guruhdan joy olganmiz. Yaxshi natija ko'rsatish uchun shunga yarasha tayyorgarlik ko'rish kerak. Hozir barcha jamoalar to'liq tarkib bilan shug'ullanyapti, biz esa muammolar girdobidamiz". 

Eslatib o'tamiz, U-23 Osiyo chempionati guruh bosqichidan o'rin olgan Eron - O'zbekiston bahsi 9 yanvar kuni bo'lib o'tadi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика