So’nggi yangiliklar

00:36Моуринью дисквалификация қилинди  0 00:18АПЛ. 27-турнинг сўнгг ўйини асосий таркиблари маълум қилинди  1 23:59А Серия. "Болонья" - "Милан" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 23:40Тарихга назар. Ўзбекистон терма жамоаси мағлуб бўлган пенальтилар сериясини ёдга оламиз  2 23:13Саудия Арабистони ЖЧда ярим финални мақсад қилади  3 22:51Озарбайжон. Ўзбек футболчилари дербисида Раҳмоналиев жамоаси йирик ғалаба қайд этди  2 22:16Гюлер "Реал"дан кетмоқчи эмас  5 21:51Қозоғистон клуби ўзбекистонлик футболчилар трансферини эълон қилди  1 21:14Куртуа термага қайтмоқда!  0 20:49Эрон чемпионати. "Истиқлол" мағлуб бўлди, Машарипов ва Кожо захирадан майдонга тушди  7 20:27ЎзПФЛ 4 клубнинг U21 жамоаси учун майдонини қабул қилмади, 1-турдаги 1 ўйин ўтказилмайди  4 20:02Рой Кин Бруну Фернандеш сардорлиги ҳақида: "У биз кутган сардор эмас, иқтидорли бўлишнинг ўзи камлик қилади"  2 19:32Ла Лига ҳакамларини танқид қилгани учун "Реал"га нисбатан иш очилди  23 19:18"Манчестер Сити" янги футболчи жамоа сафига келиб қўшилганини эълон қилди  2 18:41Себальос мушак жароҳати туфайли сафдан чиқди  1

Eron TJ qachon oxirgi marta 6 ta to'p o'tkazgandi? (+statistika) Yangiliklar

Eron TJ qachon oxirgi marta 6 ta to'p o'tkazgandi? (+statistika)

Jahon chempionati-2022 dastlabki turi Eron termasi uchun juda omadsiz boshlandi.

Jamoa o'z tarixida ilk bor rasmiy o'yinda oltita to'p o'tkazib yubordi. Angliya TJ 6:2 hisobida forslarni mag'lub etishga erishdi.

Umuman, eronliklar faqatgina bir marta, u ham bo'lsa 1950 yil Turkiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida 1:6 hisobida yutqazgan va bu terma tarixidagi eng yirik mag'lubiyat hisoblanadi.

Eron TJ 5 ta gol o'tkazgan o'yinlari:

J.Koreya 0:5 (Osiyo o'yinlari-1958)

Avstriya 1:5 (O'rtoqlik o'yini, 2000)

4 ta gol o'tkazgan o'yinlari:

Isroil 0:4 (Osiyo o'yinlari-1958)

Pokiston 1:4 (Osiyo kubogi-1960 saralashi)

Turkiya 0:4 (RCD Cup-1969)

Peru 1:4 (JCH-1978)

S.Arabistoni 3:4 (JCH-1994 saralashi)

Ummon 2:4 (Osiyo o'yinlari-1998)

Meksika 0:4 (O'rtoqlik o'yini, 2007)

Bahrayn 2:4 (O'rtoqlik o'yini, 2009)

Umuman “Osiyo sherlari” oxirgi marta 3+ golni 2019 yil yanvarida Osiyo Kubogi doirasida Yaponiya bilan bahsda o'tkazib yuborgan – 0:3. SHuningdek, Eron va Angliya tarixda ilk bor bir-biriga qarshi to'qnash keldi. 

Angliya - Eron 6:2

21 noyabr 2022 yil. "Xalifa Interneyshnl" stadioni

Gollar: Jud Bellingem 35, - 1:0 (Lyuk SHou). Bukayo Saka 43, - 2:0 (Xarri Maguayr). Rahim Sterling 45, - 3:0 (Xarri Keyn). Bukayo Saka 62, - 4:0 (Rahim Sterling). Mehdi Taremi 65, - 4:1 (Amir Golizoda). Markus Reshford 72, - 5:1 (Xarri Keyn). Jek Grilish 90, - 6:1 (Kallum Uilson). Mehdi Taremi 90+13 penalti, - 6:2.

Malumot o'rnida, Angliya – Eron (6:2) bahsi Jahon chempionatlari tarixida asosiy bo'limi eng uzoq davom etgan uchrashuvga aylandi – 117 daqiqa. Bosh hakam 1-taymga 14 daqiqa, ikkinchisiga esa 10 daqiqa qo'shib berdi.

Bundan tashqari, forslar mundialda olti o'zgarishni amalga oshirgan ilk terma jamoaga aylandi. Bunga eronlik darvozabonning boshidan jarohat olgani tufayli majburiy almashtirilishi sabab bo'lgan. Qo'shimchasiga, Mehdi Taremi jahon chempionatlari tarixida asosiy vaqtda eng kech gol urgan futbolchiga aylandi – 90+13.

Eron terma jamoasi azolari mamlakatdagi holat tufayli Angliyaga qarshi bahs oldidan davlat madhiyasini kuylashmadi.

Muallif : Eldor Akmurzayev
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика