Eron terma jamoasining asosiy darvozaboni jarohat sabab Toshkentga kela olmaydi
02 okt 2020 12:25
Yangiliklar
Eron terma jamoasining asosiy darvozaboni jarohat sabab Toshkentga kela olmaydi
Xabaringiz bor, 8 oktyabr kuni Toshkentda O'zbekiston va Eron milliy terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkaziladi.
Mazkur bahsda Eron terma jamoasining birinchi raqamli posboni Alirizo Beyranvand ishtirok eta olmaydi. Bunga sabab uning jarohat olgani. 28 yoshli darvozabon Belgiya klubi "Antverpen" safida jarohat olib bir necha haftaga safdan chiqdi.
Eron milliy terma jamoasi O'zbekistonga qarshi bahsdan so'ng Turkiyaga yo'l olib, Antaliyada Mali terma jamoasi bilan ham kuch sinashadi. Mazkur o'rtoqlik uchrashuvi 13 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar