Eron terma jamoasi 17 martdan yig'inga kirishadi
19 jan 2021 20:36
Yangiliklar


Eron terma jamoasi 17 martdan yig'inga kirishadi
Xabaringiz bor, mart oyida JCH-2022 saralash o'yinlari davom ettiriladi.
Hozircha qolgan tur o'yinlari uy-safar tizimida davom ettiriladimi yoki markazlashgan tartibdami, to'liq aniq emas. Eron futbol federaciyasi milliy jamoa 17 mart kuni Tehronda yig'ilishini malum qildi.
Eron MTJ 25 mart kuni Gonkong termasiga qarshi maydonga tushadi. Oradan besh kun o'tib navbatdagi bellashuv Kambodja termasi bilan kechadi. Forslar guruhda 6 ochko bilan 3-o'rinni egallab turishibdi.
Bundan ko'rinib turibdiki, Eron milliy terma jamoasi faqat FIFA kunlarida yig'in o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar