Eron sport vaziri etti nafar futbolchini harbiy xizmatdan ozod qilishlarini so'radi
14 iyu 2018 16:14
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/443869_original.jpg)
![](/upload/storage/443869_220.jpg)
Eron sport vaziri etti nafar futbolchini harbiy xizmatdan ozod qilishlarini so'radi
Eron sport vaziri Masud Soltanifar terma jamoaning 7 nafar futbolchisini harbiy xizmatga yubormaslikka ruxsat berilishini so'rab Eron qurolli kuchlari departamentiga murojaat etdi.
Vazirning fikricha, terma jamoaning etti nafar futbolchisi - Sardor Azmun, Sayid Ezatolahi, Alirizo Beyranvard, Majid Hossayni, Ali Golizade, Alirizo Jahonbaxsh va Mehdi Torabi harbiy xizmatga borishmasa ham bo'ladi, chunki ular jahon chempionati ishtirokchilari hisoblanadi.
Malumki, Eronda harbiy xizmatni o'tash har bir fuqaroning majburiyatiga kiradi va bu muddat ikki yilni o'z ichiga oladi. Avvalroq Olimpiada va Osiyo o'yinlarida medal yutgan hamda jahon chempionatida qatnashgan sportchilarning harbiy xizmatdan ozod qilinishi aytilgandi.
Sport vazirining aytishicha, agar bu futbolchilar ikki yillik xizmatga olib ketiladigan bo'lsa, unda terma jamoa qiynalib qoladi va Osiyo Kubogida ko'zlangan maqsadga erisha olmaydi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar