Eron OTJ ustozi: "Ikkinchi bo'limda tashabbus O'zbekiston tomonda bo'ldi"
07 sen 2019 01:05
Yangiliklar
Eron OTJ ustozi: "Ikkinchi bo'limda tashabbus O'zbekiston tomonda bo'ldi"
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun Olmaliqda Eron olimpiya termasiga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazdi va kichik hisobda (1:0) g'alaba qozondi.
Eron olimpiya terma jamoasi ustozi Farhad Majidi o'yindan so'ng quyidagicha fikr bildirib o'tdi:
"Bugungi uchrashuv har ikki jamoa uchun ham ancha foydali o'yin bo'ldi, deb o'ylayman. Bugun uchrashuvni yomon boshlamadik. Ayniqsa, birinchi bo'limni ancha yaxshi o'tkaza oldik. Lekin ikkinchi bo'limda tashabbus asosan raqib tomonga o'tdi. Qolaversa, ikkinchi bo'limda ayrim vaziyatlarda xatolarga yo'l qo'ydik va yakunda xatolar evaziga o'z darvozamizdan gol o'tkazib yubordik. Biroq vaziyatni o'yin so'nggiga qadar o'nglashni uddalay olmadik. SHundan bo'lsa-da aytishim mumkinki, bugungi o'yin biz uchun ham ancha foydali bo'ldi", - dedi mutaxassis.
Fikrlar