So’nggi yangiliklar

09:30Русланбек Жиянов: "Иккинчи таймда ўйинимиз очилди"  0 09:02Жиззахдаги стадион "ёнган" учрашувдан ГАЛEРEЯ  0 08:33Ўртоқлик учрашуви. Ҳусанов майдонга тушган баҳсда "Манчестер Сити" ғалаба қозонди  1 08:04Суперлига. Бугун 16-тур якунланади  0 07:35Лионель Месси жароҳат олди  1 07:05Суперлига. "Бунёдкор" ва "Насаф" сафарда ғалаба қозонди, "Навбаҳор" эса "Динамо" билан дуранг ўйнади  0 06:30Сергей Лушчан: "Омадимиз келиб мағлубиятдан қутулиб қолдик. Жамоанинг 40% йиғиннинг сўнгги кунларида сафимизга келиб қўшилди"  2 03:00Вадим Абрамов: "Агар ўйин натижасини биринчи бўлимдаёқ ҳал қилиб қўйганимизда бундай савол бермаган бўлардингиз"  1 00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  3 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  112 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  8 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  18 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4

Eron MTJ yordamchi murabbiyi Antonio Manikone: "Jahonbaxshning yo'qligi terma jamoa rejalariga hech qanday salbiy tasir o'tkazmadi" Yangiliklar

Eron MTJ yordamchi murabbiyi Antonio Manikone: "Jahonbaxshning yo'qligi terma jamoa rejalariga hech qanday salbiy tasir o'tkazmadi"

JCH 2-saralash bosqichi "E" guruhi 2-turidan o'rin olgan O'zbekiston – Eron uchrashuvidan oldin matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Unda Eron termasi yordamchi murabbiyi Antonio Manikone va yarim himoyachi Said Izzatullohi qatnashishdi. 

"Bosh murabbiy Amir Galenoi biroz betob bo'lib qoldilar, shu sabab bugun men savollaringizga javob beraman. O'yin haqida gapiradigan bo'lsam, ertaga qiziqarli uchrashuv bo'lishi aniq. O'zbekiston terma jamoasi bilan iyun oyida to'qnash kelgan edik, ertaga ham bizni jiddiy uchrashuv kutib turibdi", – dedi Manikone.


"Bosh murabbiyimiz betob bo'lishlariga qaramay, ular biz bilan O'zbekistonga keldi. Murabbiyimizga sog'liq tilayman. Saralash bosqichlarida birlamchi o'yinlar juda qiyin kechadi. Gonkongga qarshi qiyin uchrashuvni o'tkazdik. Ertaga O'zbekistonga qarshi ham qiyin uchrashuv kutib turibdi", – dedi Izzatullohi.

- To'rt oy oldin O'zbekiston terma jamoasiga qarshi o'ynagan edingiz. Mana shu qisqa vaqt ichida O'zbekiston terma jamoasida nimalar o'zgargan deb o'ylaysiz?

- O'sha uchrashuv menga yoqqan edi. O'zbekiston terma jamoasi Osiyoda eng kuchlilardan biri hisoblanadi. Bosh murabbiyingiz sloveniyalik mutaxassis (Srechko Katanec – tahr.) juda tajribali murabbiy. Umid qilamanki, ertaga qiziqarli uchrashuv bo'ladi.



- Eron terma jamoasi tarkibda juda kuchli futbolchilar bo'lishiga qaramay, ko'pincha ikkinchi raqam bo'lib o'ynaydi. Bunga sabab nima deb o'ylaysiz?

- Fikringizga qo'shilmayman. So'nggi uchrashuvlarimizni ko'rib chiqishingizni tavsiya qilaman. Futbolda faqat bir taktikada o'ynab bo'lmaydi. Biz uslublarni aralashtirishga, "miks" qilishga harakat qilamiz. Vaqti kelsa hujumga o'tamiz, kerakli vaqtda ximoyalanamiz.

- Futbolchiga savol. Siz "Rostov" jamoasida Eldor SHomurodov bilan birga o'ynagansiz. Unga qanday tarif bera olasiz?

- Eldor bilan birga o'ynashga sazovor bo'lganman. Uni qattiq hurmat qilaman. U katta tajribaga ega futbolchi va butun Osiyoda uni tanishadi.



- Bosh murabbiy betob, deb aytdingiz. Janob Galenoi ertangi uchrashuvda ishtirok etadimi?

- Ha. Hammasi joyida bosh murabbiy ertangi uchrashuvda ishtirok etadi

- Asosiy tarkib futbolchisi Alirizo Jahonbaxshning jarohati terma jamoa rejalariga qanchalik tasir o'tkazdi?

- Har bir futbolchining o'z o'rni bor, ammo terma jamoa rejalariga hech qanday salbiy tasir o'tkazmadi.

- Futbolchiga savol. Eron terma jamoasi futbolchilari va murabbiylari har doim o'zbek futboli haqida yaxshi fikrlar bildirishadi va bizni kuchli terma jamoalar safiga qo'shishadi. Lekin Eron terma jamoasi har doim bizni mag'lub etib kelgan, masalan, yaqinda bo'lib o'tgan uchrashuvda ham "Sepaxon" jamoasi o'zbek klubini 9:0 hisobida mag'lub etdi. Bu o'rtamizdagi farq kattaligidan dalolat, menimcha. Eronliklar o'zbek futbolini haqiqatan ham kuchli deb hisoblashadimi yoki bu oddiy maqtovmi?

- Biz futbolchilar maydonda raqibmiz. Maydonda jang qilamiz – o'zbek futbolini kuchli deb hisoblaymiz. O'zbek futbolida bo'layotgan o'zgarishlar etirofga loyiq. Terma jamoadagi ko'pgina futbolchilaringiz Evropa maydonlarida to'p tepishadi. Bu ham o'zbek futbolining yaxshi darajada ekanligidan dalolat beradi. O'zbekiston milliy terma jamoasi bizning kam sonli asosiy raqiblarimizdan biri.

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика