Eron matbuoti: "Istiqlol" Jeparovsiz qiynalib qoladi
28 iyu 2018 11:48
Yangiliklar
Eron matbuoti: "Istiqlol" Jeparovsiz qiynalib qoladi
Xabaringiz bor, hamyurtimiz Server Jeparov "Istiqlol" klubini tark etib, Qozog'istonning "Jetisu" jamoasi tarkibiga qo'shildi.
Eron matbuoti Jeparovning ketishiga shunday munosabat bildirdi: "Istiqlol" o'zbekistonlik 35 yoshli yarim himoyachi bilan shartnomani uzaytirmadi. Natijada Server Jeparov Qozog'iston klubiga o'tib ketdi. "Istiqlol"ga Jeparov kelgach, jamoa ancha o'zgargandi. Endilikda esa qiynalishi mumkin, chunki Osiyo chempionlar ligasida Jeparov va hujumchi Mame Baba Tiamsiz qolgan jamoaga oson bo'lmaydi".
"Istiqlol" OCHL chorak finalida Qatarning "Al Sadd" klubiga qarshi bahs olib boradi. Eslatib o'tamiz, Server Jeparov ikki bor (2008, 2011) Osiyoning "Eng yaxshi futbolchisi" deb topilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar