Eron FF prezidenti: “Keyrush bilan shartnoma uzaytiriladi”
17 iyu 2014 16:49
Yangiliklar
Eron FF prezidenti: “Keyrush bilan shartnoma uzaytiriladi”
Eron futbol federaciyasi milliy terma jamoa ustozi Karlush Keyrush bilan shartnomani uzaytiradigan bo'ldi.
Portugaliyalik murabbiyning amaldagi shartnomasi JCH-2014 oxirigacha edi. Malumki, forslar guruh bosqichida Argentina, Nigeriya va Bosniyaga qarshi bahs olib borib, bir ochko to'plab guruhda oxirgi bo'lishdi. SHunga qaramay, futbol federaciya rahbari Ali Kafashian murabbiyning shartnomasi uzaytirilishini malum qildi.
Karlush Keyrush yangi taklif tushmagani bois Erondan ketmoqchi bo'lib yurgandi, biroq yaqin orada hammasi hal bo'ladigan bo'ldi. Keyrush uchta jamoa bilan jahon chempionatida qatnashgan murabbiy hisoblanadi: JAR, Portugaliya va Eron. U yana JARga qaytishni mo'ljallab turgandi, biroq Eron futbol federaciyasi prezidenti murabbiy bilan gaplashib olgach, unga yangi shartnoma taklif qildi.

Fikrlar