Ernesto Valverde: "Valensiya" "Barselona"ga qarshi hammadan yaxshi himoyalandi"
02 fev 2018 20:02
Yangiliklar
Ernesto Valverde: "Valensiya" "Barselona"ga qarshi hammadan yaxshi himoyalandi"
"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde Ispaniya kubogi yarim final birinchi uchrashuvi doirasida "Valensiya" ustidan qozonilgan g'alaba (1:0) haqida gapirib o'tdi.
"Valensiya" yaxshi himoyalandi. Bu raqib joriy mavsum himoyaviy planda bizga qarshi eng yaxshi harakat qildi. Biz o'yinni nazorat qildik, lekin raqibda bizga qarshi ajoyib va aniq taktika bor edi. Biz jarima maydoniga havolatib uzatiladigan paslarimizdan birini golga aylantirishimiz mumkinligini va bitta gol o'yinning borishini hal qilishini bilardik.
Hozircha, hech narsa hal bo'lmadi. Oldinda yana bitta og'ir o'yin bor, bu derbi bo'ladi", - dedi Valverde.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar