So’nggi yangiliklar

23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  0 22:47"Атлетико" — "Реал". Таркиблар маълум  4 22:28ПСЖ — "Марсель". Франция Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  9 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  1 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  7 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  6 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  6 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  6

Ernesto Valverde ishtirokidagi qiziqarli matbuot anjumani Yangiliklar

Ernesto Valverde ishtirokidagi qiziqarli matbuot anjumani

Teglar :  Ernesto Valverde
Bugun, 3 oktyabr kuni "Barselona" "Rayo Valekano"ga qarshi LaLiganing 11-tur uchrashuvini o'tkazadi.

Kecha, 2 oktyabrda Kataloniya klubi ustozi Ernesto Valverde jurnalistlar bilan ushbu bahsga atalgan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Ertaga LaLiganing o'rtamiyona jamoasiga qarshi o'ynaysiz. Bu rotaciya uchun qulay vaqt emasmi?

- Seninng raqibing kuchsiz deb o'ylasang muammolarga duch kelasan. Rayo hujumkor o'yin ko'rsatmoqda va raqibga yuqoriroqda pressing uyushtirmoqda. Jamoada texnik kuchli futbolchilar bor, ehtiyot bo'lishimiz kerak. G'alaba qozonishni istaymiz, ammo bu oson bo'lmaydi.

- Birinchi bo'lib gol urish muhimmi?

- Albatta, shu ham savol bo'ldiyu! Ilk daqiqalardan o'z o'yinimizni ko'rsatishimiz lozim. Biz LaLiganing ikkita qiyin bahsida g'olib chiqdik, ertaga uchinchisi bizni kutib turibdi.

- Messi seshanba kuni maydonga tushadimi?

- U hali ham og'riq his qilyapti, biroq formani yo'qotmaslik uchun mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda. U bilan ehtiyot bo'lishimiz kerak, shu sababli Leo qancha kerak bo'lsa, shuncha davolanadi. Messi qaytsa, biz yanada kuchliroq bo'lamiz.

- Malkom yana qaydnomada emas. Bu narsa futbolchi uchun qo'ng'iroqmi?

- Bu Alenya uchun qo'ng'iroq. Menga uning o'yini yoqib qoldi.

- Suaresning aytishicha, u o'rniga hujumchi qidirilayotganidan havotirda emas ekan...

- "Barselona" xuddi boshqa jamoalar kabi transfer oynasida faol. Gap faqat Suaresda emas. Hozir u biz bilan va ajoyib formada.

- Pako haqida nima deysiz?

- U baxtli, ko'p o'yin amaliyotiga ega bo'lyapti. Biz ham xursandmiz. Ko'ramiz.

- "Barselona"da o'yin uslubi o'zgardi...

- Har bir jamoaning o'z uslubi bor. Maqsadimiz - o'yinni nazorat qilib, iloji boricha ko'proq to'pga egalik qilish. Biroq o'yinning 70% vaqtida to'pga egalik qilmay, 5:1 hisobida g'alaba qozona olishimiz mumkin. To'pni ushlab turgan jamoa emas, vaziyatlar yaratib, gollar urganlar g'alaba qozonadi.

- Siz Koutinodan ko'prog'ini kutayotgan ekansiz. Aynan nimani?

- Bazida aytishim kerak bo'lmagan narsalarni gapirib yuboraman. Uzr so'rayman. Filippe - ajoyib futbolchi, u "Barselona"ga juda mos, undan ko'nglimiz to'q.

- La Masiya tarbiyalanuvchilariga o'zini ko'rsatish uchun imkon berasizmi?

- Albatta, ular ko'proq imkoniyatga munosib, biroq bu yigitlar top-futbolchilar bilan raqobatlashishi lozim. Biz bu klubga g'alaba qozonish va sovrin qo'lga kiritish uchun kelganmiz.

- "Barselona"ning himoyasida bazi muammolar bor...

- Himoyachilardan ko'nglim to'q. Ammo "Barselona" doimo transfer bozorini diqqat bilan kuzatishi kerak.

- Arturo Vidal yaxshimi?

- U o'zini yaxshi his qilyapti va jamoaga juda tez ko'nikib ketdi. Arturo doimo mehnatga layoqatli, u asosiy tarkib uchun kurashishga tayyor.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика