So’nggi yangiliklar

18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  1 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  3 16:21"Лидс" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  8 15:46"Лацио" — "Наполи". Таркиблар маълум  1 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  2 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0 12:04Бу йил Суперлига "ёнади", декабрда ҳам ўйинлар бўлади  9 12:00Бугунги ўйинлар: "Ман Сити" — "Челси", "Реал" — "Бетис" ва бошқалар  4

Ernesto Valverde ishtirokidagi matbuot-anjumani Yangiliklar

Ernesto Valverde ishtirokidagi matbuot-anjumani

Teglar :  Ernesto Valverde
"Real"ga qarshi LaLiganing 17-tur uchrashuvidan oldin "Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde matbuot-anjumanida ishtirok etdi.

- To'pga egalik qilish qanchalik muhim?

- To'pga egalik qilish bilan uchrashuvda g'alaba qozoni bo'lmaydi, gap vaziyatlar yaratish haqida ketmoqda. To'p bilan harakat qilgan emas, raqib darvozasiga ko'proq yaqin kelganlar g'olib bo'lishadi. Biroq bu hujum tashkil qilishda yordam beradi. "Real" qarshi hujumlarda yaxshi harakat qiladi.


- G'alabangiz "Real"ni sovrindan uzoqlashtiradimi?

- Yo'q, biz uchrashuv oqibatlari haqida o'ylayotganimiz yo'q, oldinda turlar ko'p.


- "Real" uch yarim himoyachi yoki ikki hujumchi bilan o'ynashi "Barsa"ning o'yiniga tasir qiladimi?

- Bu asosiy tarkibda o'zgarishlarga olib kelmaydi, ammo o'yinda bo'lishi mumkin. Maydonga Asensio yoki Beyl tushishi - bu turli narsalar. Biroq "Real" murabbiyi o'z tarkibini aniqlaydi. Ular o'z stadioni va kuchli tomonlaridan foydalanishga harakat qilishadi.


- 24ta uchrashuvdan beri mag'lub bo'lmayapsiz. "Real"ga qarshi bahsda "Barselona" favoritmi?

- Bunday deb o'ylamayman. SHu kabi bahslarda turnir jadvalidagi o'rin yoki ochkolar farqi muhim emas. Ular uyda o'ynashadi, raqib kuchli, bahsda favorit bor deb o'ylamayman.


- So'nggi yillarda "Barselona" "Santyago Bernabeu"da yaxshi natijalarga erishdi, ammo "Kamp Nou"da aksincha.

- Statistika bir nimalar deyishi mumkin, ammo bu shunchaki raqamlar. Ushbu seriyani davom ettirish niyatidamiz, biroq qiyin.


- "Barselona" qaerda xato qilishi mumkin emas?

- Bunday turdagi bahslarda har bir vaziyatda etiborli bo'lish kerak, chunki bunday ajoyib futbolchilar bir hujum bilan uchrashuv taqdirini hal qilishlari mumkin. Biz hamma detallarga etibor qaratib, g'alaba qozonish uchun bor kuchimizni ishga solmoqchimiz. Superkubokda pressing evaziga ular bizga muammo tug'dirishdi. Bu bahsni sabrsizlik bilan kutyapmiz, chunki bu uchrashuvda kuchimizni kinab ko'ramiz. Ikkala jamoa yaxshi formada.


- Superkubokdagi videolarni qayta ko'rdingizmi?

- Albatta, ular bizga tayyorgarlik uchun kerak bo'ldi, chunki "Real"ni boshqa jamoalarga qarshi bahslarini ko'rsangiz, o'yin boshqacha bo'ladi.


- Madriddagi vaziyat borasida havotir olyapsizmi?

- "Santyago Bernabeu"dagi muxlislar o'z jamoasini qo'llab-quvvatlashadi, ammo bahs yaxshi o'tishiga umid qilamiz.


- Jonli yo'lakcha muhim faktorga aylanishi mumkinmi?

- "Real"ning joriy yildagi muvaffaqiyatlarini hurmat qilamiz, biroq hech kim uchun jonli yo'lakcha yaratmagan bo'lardim, o'zim ham undan o'tishni istamayman, chunki bu narsa o'z ahamiyatini yo'qotgan.


- "Real" bilan farq sakkiztaga etishini tasavvur qilganmidingiz?

- Yo'q, ammo hozirgi holat yoqimli. Orzu qilish zararli emas, doimo hammasi yaxshi deb o'ylaysan.


- Bugun darvozabonlar hal qiluvchi rolni o'ynashadimi?

- Darvoza va darvozabonlar doimo hal qiluvchi rolni o'ynagan. Ikkala posbon ham yaxshi formada. Biz uchun o'z darvozabonimiz - eng yaxshisi. Ikkisi ham bor kuchini ishga soladi, darvozabonning ishonchi juda muhim.


- Bu faoliyatingizdagi eng muhim uchrashuvmi?

- "Real"ga qarshi bahs juda muhim. Ammo bu uchrashuv faoliyatimdagi eng muhimi demagan bo'lardim.


- Ronaldu 100% tayyor emasligini aytishmoqda. Bunga ishonasizmi?

- U maydonga tushadi deb o'ylayman. Uchrashuv juda muhim - u ham asosiy futbolchi, shu sababli Ronaldu maydonga tushadi.


- Jamoa bunday bahsga tayyorgarlik ko'rayotganda eng muhimi nima?

- Biz qanday o'ynashimiz eng muhimi. Biz o'zimizning kuchli, raqibning kuchsiz tomonlarini o'rganamiz.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика