Ernesto Valverde: "Barselona" Messisiz ham vaziyatdan chiqib ketishi kerak edi"
17 avg 2019 07:12
Yangiliklar
Ernesto Valverde: "Barselona" Messisiz ham vaziyatdan chiqib ketishi kerak edi"
"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde La Liga 1-turida "Atletik Bilbao"ga uchralgan mag'lubiyat (0:1)dan so'ng, o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Birinchi bo'limda o'yinimiz chiqmagani ko'rinib qoldi. Yaqqol vaziyatlar sodir etgan bo'lsak-da, o'yinni nazorat qilmadik. Ikkinchi taymda o'yin nazoratimiz ostida o'tdi. Ammo, raqib jamoa vakillari chuqur himoya evaziga bizga xavfli vaziyatlar yaratishga deyarli imkon berishmadi.
Messini yordami kerak bo'lgan vaziyatga tushib qoldik, biroq Leosiz ham ushbu jarayonni engib o'tishimiz kerak edi. Albatta, Bilbaodagi o'yinda u bizga etishmadi", - deydi Valverde.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar