Ernanes "Yuventus"ni haliyam Italiyadagi eng kuchli jamoa deb atadi
10 sen 2015 22:35
Yangiliklar


Ernanes "Yuventus"ni haliyam Italiyadagi eng kuchli jamoa deb atadi
"Yuventus"ga "Inter" klubidan kelib qo'shilgan yarim himoyachi Ernanes turinliklarning kuchiga yuqori baho berdi.
"Mavsum starti muvaffaqiyatsiz chiqdi. Bu borada jamoa o'zini oqlashga haqqi yo'q. Endi biz ochko jamg'arishni boshlashimiz kerak. "Yuventus" hali ham Italiyadagi eng kuchli jamoa. Bizni osonlikcha taslim etishni iloji yo'q. So'nggi kunlarda tayyorgarliklarni yaxshi olib bordik. Futbolchilar o'zlarining optimal formalariga kirib borishmoqda. Biz o'zimiz ishtirok etayotgan barcha musobaqada g'oliblikni ko'zlamoqdamiz", - deydi Ernanes.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar