Ernandes uchun yangi mavsum hal qiluvchi bo'ladi
14 sen 2020 12:57
Yangiliklar
Ernandes uchun yangi mavsum hal qiluvchi bo'ladi
"Bavariya" himoyachisi Lyuka Ernandes Myunxen klubidan ketishni rejalashtirmayapti.
Ammo, franciyalik futbolchi 2020/21 yilgi mavsumdan so'ng qarorini o'zgartirishi mumkin. Lyuka bu haqda Telefoot telekanaliga bergan intervyusida aytib o'tdi.
Ernandesning "Bavariya" bilan tuzgan shartnomasi yana 4 yilga amal qiladi. Himoyachi Myunxen klubi tarkibida joy olishni xohlamoqda. Ammo, francuz oldingidek kam o'yin amaliyotiga ega bo'lsa kelasi yozda klubini o'zgartirish haqida o'ylab ko'radi.
Ernandes o'tgan mavsum Bundesliga doirasidagi 19ta o'yinda maydonga tushdi. U o'rtacha har bir o'yinda maydonda 48 daqiqa harakat qildi.
Nemislar futbolchi o'tgan yilda "Atletiko"dan klub uchun rekord narxda, yani 80 million evro evaziga transfer qilingan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Осасуна" ўз майдонида "Реал Мадрид"ни мағлуб этди
Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" меҳмонда "Аланяспор"ни мағлуб этди, Шомуродов ғалаба голини урди
"Реал" Винисиусга нисбатан ирқчилик ҳақоратлари иши бўйича УЕФАга далилларни топширди
Тьерри Анри Винисиус билан боғлиқ ирқчилик ҳодисаси ҳақида: "Мен "Реал"ни ёқтирмайман, лекин бугун мадридистман"
Fikrlar