So’nggi yangiliklar

08:48“Ал Ҳилол“ супер футболчи билан музокараларни бошлади  0 08:16Sofascore. Азизжон Ғаниев кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 07:50Довбик Шомуродов ҳақида фикр билдирди  7 07:25Трент “Реал“да қанча ишлаб олиши маълум  5 02:11АПЛ. Дуранг ўйнаган "Ноттингем Форест" ЧЛ зонасига қайта олмади  2 01:48А Серия. "Милан" иродали ғалабага эришди, аммо жамоа ҳали ҳам кучли саккизликда эмас  2 01:17"Париж" - 46 йилдан сўнг Лига 1да! Унинг стадиони ПСЖ аренасидан йўлнинг нариги томонида жойлашган (мутолаа учун)  3 00:55Моуринью 2010 йилда "Интер"нинг "Барселона" устидан қозонган ғалабаси ҳақида: "Ўша воқеани тасвирлаши мумкин бўлган сўз йўқ"  14 00:50Кафу Рафинья ҳақида: "У билан "Олтин тўп" учун рақобатлаша оладиган ўйинчиларни кўрмаяпман"  3 00:09Рафинья: "Мен Италия терма жамоасида ўйнашга жуда яқин келганман"   4 23:09"Интер"нинг муҳим футболчиларидан бири "Барселона"га қарши ўйнамайди  4 22:47"Олимпик" "ФарДУ"ни таслим қилган баҳсдан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 22:33ЛаЛига жамоаси футболчиларининг бутса ва қўлқопларини ўғирлаб кетишди. Машғулот бекор қилинди  2 21:30БАА. Азизбек Ғаниевнинг голи туфайли "Ал Батеҳ" 3 очкони қўлга киритди  7 21:03Педру Морейра "Пахтакор"ни тарк этди  63

Ermatovning qabulida... Endi bolalar futbolida bizni nimalar kutadi? Yangiliklar

Ermatovning qabulida... Endi bolalar futbolida bizni nimalar kutadi?

"Odil Junior"ning 2008 yillarda tavallud topgan jamoasi Markaziy Osiyo hududida 1-o'rinni qo'lga kiritib, MDHning 11 yoshli futbolchilar o'rtasida tashkil qilinadigan eng nufuzli musobaqasi, "Lokobol"ning 2-bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritgan edi.

Novosibirskda bo'lib o'tgan 6ta hudud chempionlari o'rtasida kechgan final uchrashuvida mezbonlarga 1:0 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydik. Yagona gol uchrashuvning 3-daqiqasida, penaltidan kiritildi. Finaldan keyin musobaqa bosh direktori uchrashuv hakamiga etirozi borligini ochiq aytdi. "Lokomotiv" murabbiylari esa Moskvada "Odil Junior"ni ko'rish istagida ekanligini takidladi. Garchand chempion bo'lmagan bo'lsakda, 3 nafar futbolchimiz "Lokobol"ning MDH terma jamoasidan o'rin oldi! 5 kun davomida Barnaulda bo'lgan bo'lsam, bu orada O'zbekiston futbolida katta-katta o'zgarishlar bo'lib ketdi. Kecha O'FAga bordim...

O'zgarishlar anchagina. Avvalo devordagi suratlarda yana Mirabror Usmonovni ko'rib xursand bo'ldim. Bu insonni FIFA va OFKda tutgan o'rni katta edi. Ko'pchilik meni ko'rib ishga qaytish payida ekanligimni bashorat qildi. Yaqinda MOQda rahbariyat o'zgarganida, bir yaqin hamkasbim meni yangi lavozim bilan tabrikladi. Havotirga o'rin bo'lmasin, birovning mansabiga ko'z olaytiradigan odatim yo'q. Ammo noto'g'ri ish uslubida, ikki oyog'ini bir etikka tiqib olgan insonlarni ham yoqtirmayman. Ayniqsa bolalar futbolida yangi Amerika kashf qilayotganlarni ko'rsam. 2018 yilning oktyabr oyidan to bugungi kungacha O'FAning bolalar futboliga masul xodimlari bironta musobaqa o'tkazmagani ham fakt! Hamma etibor, nomi yaltiroq, ichi qaltiroq bo'lgan akademiyalarga qaratila boshlandi. BO'SM va bolalar klublari o'rtasidagi musobaqalar yo'q bo'ldi. Bu masalalarni echish kerak va men aynan shu loyihalar haqida suhbatlashish uchun ham Ravshan Ermatovning qabuliga kirdim. Ko'rinib turibdi, juda qiyin pallada O'FAni qabul qilib oldi. Kelishdik, yana 20 kunlardan so'ng Odil Ahmedov, Championat.asia dagi do'stim Gayrat bilan o'z loyihalarimizni taqdim etamiz. Bu loyiha viloyat birinchiliklarining tizimini o'z ichiga oladi. Undan tashqari bolalar futbolidagi murabbiylarni tayyorlashni zamonaviy uslublari, vazirlik qoshidagi BO'SMlardagi ayrim tuzatishlarni amalga oshirish kabi muhim detallarni ham qamraydi.


Biz tomonimizdan tashkil qilinishi rejalashtirilayotgan eng katta loyihalardan biri Markaziy Osiyo bolalar futbol Associaciyasini tuzish. Tashkilot Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O'zbekiston klublarini o'z ichiga oladi. Undan tashqari, Turkiya, Ozarbayjon, Rossiya va Osiyoning kuchli davlatlarida jamoalarni faxriy mehmon sifatida musobaqalarga taklif etish rejalashtirilgan.


Yana eng muhim rejalardan biri Odil Ahmedov boshchiligida VODIY BOLALAR FUTBOL LIGASIGA asos solish orqali, vodiydagi musobaqalar saviyasini oshirish. Avgust oyida To'raqo'rg'onda yangi qurib bitkazilinayotgan suniy maydonda "Odil Ahmedov" akademiyasini ochish bosh vazifa. Hozirda "Ayaks" va "Bazel" futbol akademiyalariga istedodli 5 nafar murabbiyni 2 haftaga malaka oshirishga yuborish asosiy rejalardan biri bo'lib turibdi. SHuningdek, bugungi kunda eng kuchli akademiyalarga ega bo'lgan "Lokomotiv" Moskva va "Krasnodar" jamoalari bilan yaqindan aloqalarni yo'lga qo'yish rejasi mavjud. Bularning barcha-barchasining zamirida og'ir mehnat yotibdi. Nasib qilsa bu rejalar amalga oshib, O'zbekiston o'smirlar terma jamoalari Janubiy Koreya kabi JCH finallariga chiqadi. Undan tashqari bugungi kun OFK talabida bo'lgan o'smirlar va yoshlar terma jamoalarini emas, balki keyingi 4 yilda tuziladigan yoshlar va o'smirlar terma jamoalariga hozirdan etibor berish kerakligi taklifini ilgari surdim. Qisqasi, yana 20 kunlardan so'ng, chang bosib qolgan loyihalarimni amalga oshirish uchun imkoniyat paydo bo'ldi. Bu borada Odil Ahmedov ham yonimda turishini aytib o'tgan va bu kishini quvontiradi. Qolaversa "Championat.asia" sayti ham o'z daromadining malum qismini 2020 yildan bolalar futboli musobaqalariga ajratishiga qaror qilgan.


Viloyat associaciyalarini yana pul bilan taminlash asosiy vazifalardan biri. Ularga moddiy yordam ko'rsatilmas ekan, viloyatlardagi bolalar futbolida o'sishni kutish qiyin. Qisqasi, birgalikda bolalar futbolini ko'tarishimiz kerak.

Reyting: +56   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика