So’nggi yangiliklar

02:30Европа лигаси. "Рома" дуранг ўйнади, "Аякс"да йирик ғалаба ва бошқа натижалар  5 02:07Расман: Машарипов клуби бош мураббийсиз қол(а)ди  0 01:18Рой Кин: "Арсенал" кичик жамоа каби ўйнади"  1 00:43Эрик тен Хаг муаммо нимадалигини айтди  5 00:26Европа лигаси. "Тоттенхэм" - "Қорабоғ" баҳси кеч бошланиши сабаби маълум бўлди  0 00:05Европа лигаси. Моуринью жамоаси ғалаба билан бошлади  0 23:50Марокаш терма жамоаси дарвозабони: "Бразилияни мағлуб этиш учун боримизни берамиз"   0 23:38Иван Бошкович: “Сафарда кучли рақибни мағлуб этиш ёқимли, лекин майдон ҳолати ўйин сифатига таъсир кўрсатди”  3 23:20Сергей Лушчан: “Мухлислардан узр сўрайман. Финал олдидан бугун антифутбол ўйнадик”  6 23:11Амалдаги жаҳон чемпионлари Андижондан уйига равона қилинган учрашувнинг энг ҳиссиётли ГАЛЕРЕЯСИ  0 23:02Қозоғистон футзал термаси устози: "Португалия жарима майдончамиз томонда кўплаб ҳужумлар уюштиришини ва бунга сабр қилишимиз кераклигини билардик"  0 22:45АПЛ ярим автоматик оффсайд аниқлаш тизими борасида бир қарорга кела олмаяпти  0 22:13"Милан" ва Тео келиша олмаяпти  1 21:50Футзал бўйича ЖЧ. Қозоғистонликлар келди! Игита етакчилигидаги терма жамоа амалдаги ЖЧ ғолибининг кунини кўрсатди!  15 21:44Февзи Давлетов: “Қизил карточка ўйиннинг боришига таъсир кўрсатди”  4

Ermatov va Tantashev boshqargan bahsda Avstraliya Suriyani mag'lubiyatga uchratdi Yangiliklar

Ermatov va Tantashev boshqargan bahsda Avstraliya Suriyani mag'lubiyatga uchratdi

Avstraliya hamda Suriya o'rtasidagi JCH-2018 saralashining pley-off bosqichi javob uchrashuvi yakunlandi.

- Assalomu alaykum hurmatli futbol muxlislari. Bugun Sidneydagi "Avstraliya" stadionida Avstraliya hamda Suriya o'rtasidagi JCH-2018 saralashining pley-off bosqichi javob uchrashuvi bo'lib o'tadi. Suriyaliklar mezbonlik qilgan ilk uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etilgan.

AVSTRALIYA - SURIYA 2:1

Gol: Tim Keyxill 15, 108 - Al Soma 9.

Avstraliya: Metyu Rayan, Milosh Degenek, Bred Smit, Tim Keyxill, Mark Milligan, Metyu Yurman, Metyu Leki, Robbi Kruz, Jeyms Troisi, Trent Seynsberi, Tomas Rogich.

Suriya: Ibrohim Alma, Moayad Ajjan, Al Baur, Mahmud Al Mavas, Umar Al Soma, Oday Al Jaffal, Tamer Haj Muhammad, Hamid Mido, Zaher Medani, Mardik Mardikian, Fahd Yusef.

1. Uchrashuv boshlandi. Hamyurtimiz Ravshan Ermatovning xushtagi bahsga start berdi.

6. Jeyms Troisi raqib jarima maydonchasiga kirib, Ibrohim Alma qo'riqlayotgan darvozaga zarba berdi. Biroq to'p himoyachiga tegib yo'nalishini o'zgartirdi va posbon to'pga ega chiqdi.

9. GOOOOOLLLL!!!! UMAR AL SOMAAA!!!!! Tamer Haj Muhammad va Umar Al Soma qarshi hujumga o'tdi. Ularga faqat 3 nafar himoyachi qarshilik qilayotgan edi. Haj Muhammadning uzatgan to'pidan so'ng Al Soma chaproqqa qochib, darvozabon qo'riqlayotgan yaqin burchakni aniq nishonga oldi! QOYIL! 

GOLNI TOMOSHA QILISH

15. GOOLLLLL! TIM KEYXILLLL!!! Bu safar gol urish avstraliyaliklarga nasib etdi. Tim Keyxill qanotdan uzatilgan to'pni boshi bilan darvozani ishg'ol qildi. O'z uslubida! Hisob 1:1.

GOLNI TOMOSHA QILISH

19. Bahs teng kurashlar ostida o'tmoqda. Ikki jamoa ham ketma-ket hujum uyushtirib, o'z jamoasini hisobda oldinga olib chiqmoqchi.

21. Hozircha uchrashuv bosh hakami Ravshan Ermatovga hech qanday etiroz yo'q. U bahsda deyarli ko'rinmayapti.

22. Jeyms Trosi raqib jarima maydonchasiga kirmay, darvoza tomon zarba berdi, biroq suriyaliklar to'pni qaytarishdi.

26. Ravshan Ermatov Metyu Lekiga sariq kartochka ko'rsatdi. Futbolchi raqib qarshi hujum uyushtirayotganda qo'pollik ishlatdi.

30. Avstraliyaliklardan ajoyib hujum! Mezbonlar tika-taka uslubida raqiba jarima maydonchasiga yorib kirishdi, biroq Keyxillning zarbasini himoyachilar qaytarishga muvaffaq bo'lishdi.

33. Metyu Leki o'ng qanotda himoyachini aldadi va jarima maydonchasiga kirib keldi. Uning yaqin burchakka bergan zarbasini suriyalik darvozabon ushlab qoldi.

35. Avstraliyaliklarning yana bir hujumi boshlanayotganda qanot hakami bayroqchasini ko'tardi, ammo takroriy lavhada hech qanday qoidabuzarlik yo'qligi aniqlandi.

38. Tomas Rogich jarima maydonchasiga kirmasdan chap oyog'i bilan suriyaliklar darvozasiga zarba berdi, to'p darvoza ustunining yonginasidan o'tib, orqa tomondan to'rga tegdi.

40. Ayni damda Suriyada muxlislar uchun katta ekran o'rnatilgan va yuzlab ishqibozlar sevimlilarini ushbu teleekran orqali tomosha qilishmoqda.

42. Mark Milliganga ham sariq kartochka ko'rsatildi. U raqibga qarshi qo'pol harakat qildi.

44. Maydonda suriyaliklar futbolchisi yotibdi. Oday Al Jaffalga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

45. Birinchi bo'lim yakunlandi! Tanaffus! 1:1.

                         TANAFFUS

Birinchi bo'lim statistikasi



46. Ikkinchi bo'limga start berildi!

50. Avstraliyaliklar jarima zarbasini amalga oshirishdi. Taxminan 25 metrlardan berilgan zarbani Ibrohim Alma to'xtatib qoldi.

52. Mezbonlar Suriya terma jamoasini o'z maydonidan chiqarmaslikka harakat qilishmoqda. Hozircha ular buning uddasidan chiqishmoqda.

53. Avstraliyaliklarning hujumlari borgan sari xavfli tus olmoqda. Tez orada gol bo'lsa ham ajab emas.

55. Tomas Rogich uzoq masofadan suriyaliklar darvozasini ishg'ol qilishga urinib ko'rdi. Darvozabon Ibrohim Alma ishonchli harakat qildi va to'pni ushlab oldi.

57. Negadir suriyaliklar bosh murabbiy maydonga tushirmoqchi bo'lgan futbolchi etiroz bildira boshladi. Bekor qilindimi?

58. ZARBAAA!! Leki burchakdan uzatilgan to'pni darvozaga burishga harakat qildi, ammo uning zarbasi etarli darajada aniq bo'lmadi.

60. 10-raqamdagi Firas Al Hatib 11-raqamdagi Oday Al Jaffal o'rniga maydonga tushdi.

63. Suriya bu safar hujumga o'tdi, ammo jarima maydonchasiga uzatilgan to'pga zarba beradigan futbolchi topilmadi.

66. Gari Kexill darvoza tomon yana bosh bilan zarba berdi, bu safar ham darvoza posboni to'pga ega chiqdi.

68. Suriya terma jamoasidan yana qarshi hujum. Ammo yana hujumni yakuniga etkazuvchi topilmadi.

69. ROGICHCHCHCH!!! Ibrohim Alma seyv amalga oshirdi!

70. Bugun suriyalik posbon faoliyatidagi eng yorqin o'yinlardan birini o'tkazmoqda.

72. Suriyaliklar o'z jarima maydonchasi yonida qoiza buzishdi. Ravshan Ermatov tezda jarima zarbasi belgiladi. Avstraliyaliklar tarkibida o'zgarish: Troisi o'rniga - Nikita Rukavitsa maydonga tushdi.

73. Suriya terma jamoasi futbolchisi Hamido Mido maydondan olib chiqib ketilmoqda. Futbolchi jarohat olgan ko'rinadi.

75. Jarohat olgan suriyalik futbolchi o'rniga Isra Hamviya maydonga tushdi.

79. Mahmud Al Mavas Muyga nisbatan qo'pol o'ynadi. Sariq kartochka.

80. Bugungi uchrashuvni Sidneydagi "Avstraliya" stadionida 41,136 muxlis tomosha qilmoqda.

83. Ikki jamoa futbolchilar charchab qolgani ko'rinib turibdi. Bunday vaziyatlarda zaxiradan bahsga qo'shilganlar o'yin taqdirini hal qilib qo'yishi mumkin.

85. Suriyaliklar vaqtni cho'zish uchun yotib olishni boshlashdi. Mardik Mardikian ushbu vazifani bajarmoqda.

87. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Isra Hamviya juda qo'pol o'ynadi va hakam tomonidan sariq kartochka bilan "mukofotlandi".

88. ZARBAAAA! Avstraliyaliklarning hujumi gol bilan yakunlanishi mumkin edi, ammo suriyalik himoyachi to'p yo'liga o'zini tashladi va xavfni bartaraf etdi.

89. O'zgarish: Madrik Madrikian o'rniga - Osama Omari maydonga tushmoqda.

90. Ravshan Ermatov o'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berdi.

90+1. Robbi Kruz jarima maydoniga yorib kirayotganida to'p qo'liga tekkan ekan. Hakam xushtagini chalib, o'yinni to'xtatdi.

90+4. Ikkinchi bo'lim ham yakunlandi. Ikkala bahsning asosiy vaqtida hisob 1:1 bilan tugagani tufayli, qo'shimcha bo'limlar o'tkaziladi.

QO'SHIMCHA BO'LIM

Faxrimiz bo'lgan Ravshan Ermatov ham biroz dam olishga qaror qildi. O'zbekistonlik hakamlar "Omadimizni bersin, sharmanda qilma, omin" deb duo qilishdi va maydonga qaytib ketishdi.

90. Qo'shimcha bo'lim boshlandi.

92. Ikkinchi bo'limni uchrashuvning to'rtinchi hakami Ilgiz Tantashev boshqarmoqda.

93. Mahmud Al Mavas ikkinchi marotaba sariq kartochka oldi va maydonni tark etmoqda. Ilgiz Tantashev unga kiyinish xonasiga yo'lni ko'rsatib qo'ydi.

94. Avstraliya tarkibida o'zgarish.Tomi Yurich Tomas Rogichning o'rnini egalladi. Ravshan Ermatov to'rtinchi hakam rolini bajarmoqda.

97. Ikkinchi qavatda elkama-elka bo'lgan kurashda suriyalik futbolchi yiqilib tushdi. Tantashev qoida buzilganini ko'rsatdi. Kartochka yo'q.

100. Avstraliya burchak zarbasiga ega bo'ldi. Jarima maydoniga uzatilgan to'pni himoyachilar bartaraf etishdi. Ikkinchi uzatma esa noaniq zarba bilan yakunlandi.

105. Birinchi ekstra taymga 2 daqiqa qo'shib berildi.

105+2. Suriya qarshi hujumga o'tmoqda. Ammo markazga etib kelganda, ularning uzatmalari o'z manziliga etib bormayapti.

Birinchi qo'shimcha bo'lim yakunlandi

105. Ikkinchi qo'shimcha bo'lim boshlandi.

107. Tantashev simulyaciyaga etibor bermay o'yinni davom ettirishni ko'rsatdi. Suriyaliklar esa kartochka talab qilishdi. Talab qondirilmadi.

108. GOOOOOLLLLLLL!!! TIM KEYXILLL!!! Robbi Kruz chap qanotdan uzatgan to'pni Tim Keyxill darvozaga joylab qo'ydi. Hisob 2:1. Oldinda avstraliyaliklar.

113. Suriyaliklar shoshilishmoqda. Murabbiy ham ko'pchilik bo'lib hujumga o'tishni talab qilyapti.

115. Ilgiz Tantashev bunday uchrashuvlarda kam ishlagani bilinib qoldi. Qanot hakami bayroqchasini ko'tarib turgan paytda, u o'ynashga ruxsat berdi. Suriya terma jamoasi murabbiyi esa janjal uyushtirmoqda.

119. Tantashev Avstraliya darvozasi oldida qoida buzilganini aytdi. Al Soma to'p oldida.

120. USTUNNNN!!!!!!! Al Somaning zarbasi ustunga tegib qaytdi. 2 daqiqa qo'shib berildi.

O'YIN YAKUNLANDI! AVSTRALIYA G'ALABA QOZONDI!

Reyting: +49   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика