So’nggi yangiliklar

13:43"Шўртан" 4 нафар футболчиси билан хайрлашди  1 13:22Милитао: "Реал" учун қаттиқ ишлашда давом этиш муҳим"  1 12:53"Комо" "Манчестер Сити" футболчиси ҳуқуқларига эга чиқиши мумкин  0 12:25"Интер" "Челси" ҳужумчисини сотиб олмоқчи  0 11:57Алонсо Родригонинг захирада қолиб кетаётгани ҳақида: "Гап келажак ҳақида эмас, тактикада"  9 11:28Трамп КЖЧ финалига келади  2 10:55"Интер Майами" ғалаба қозонди, Лионел Месси эса кетма-кет тўртинчи ўйинда дубль қайд этди  18 10:51"Бавария" Бундеслигадаги рақобатчининг асосий футболчисини сотиб олмоқчи  0 10:22Виктор Гёкерешнинг "Арсенал"даги маоши маълум  3 09:53Симоне Индзаги "Ал Ҳилол"да тўрт нафар футболчидан қутилмоқчи  7 09:24"Навбаҳор" ҳужумчиси иккинчи даврани "Хоразм"да бошлаши мумкин  4 08:56Энрике: "Телефоним "Барселона" мухлисларидан келган хабарларга тўла"  14 08:27"Рома" Шомуродовнинг ўрнига АПЛда ўтган мавсум 1 та гол урган футболчи олиб келмоқчи  12 07:58"Реал" 25 йиллик антирекордни такрорлади  20 07:30Алонсо йирик мағлубиятдан сўнг нималар деди?  35

Erkinjon Turdimov Dinamo jamoasi bilan uchrashdi Yangiliklar

Erkinjon Turdimov Dinamo jamoasi bilan uchrashdi

Bugun, 12 sentyabr kuni “Dinamo” futbol klubi qarorgohida Samarqand viloyati hokimi, viloyat futbol associaciyasi prezidenti Erkinjon Turdimov, klub homiylari va rahbariyati hamda “Dinamo” jamoasi ishtirokida yig'ilish o'tkazildi.

Xabaringiz bor, mavsumning dastlabki qismini muvaffaqiyatli o'tkazgan “Dinamo” jamoasi ikkinchi davrani muvaffaqiyatsiz boshladi. Ketma-ket mag'lubiyatlar nafaqat muxlislarni balki klub rahbariyatini ham etiboridan chetda qolayotgani yo'q.

- “Dinamo” jamoasining Superliga ikkinchi davrasida qayd etayotgan natijasi va bugungi vaziyatini yaxshi deb bo'lmaydi. Buni men kabi siz futbolchilar va murabbiylar ham yaxshi tushunib turibsiz. Bugun siz bilan uchrashuvdan maqsad so'nggi mag'lubiyatlarni tahlil qilish, kimnidir xafa qilish yoki aybdorga chiqarish emas, ochiq suhbat shaklida gaplashib olib, vaziyatni o'nglash uchun muammolarni tinglash, qo'ldan kelgancha yordam berish, sizlarni qo'llab-quvvatlashdir” – deya so'zladi Erkinjon Turdimov.

“Hech kimga sir emas, aksariyat shahar va viloyat klublarida bor bo'lgan yirik homiy tashkiloti bizda yo'q. Ammo, Samarqandda futbolning fidoiy va jonkuyar homiylari bor. SHu bois “Dinamo”ni xalq jamoasi deyish mumkin. So'nggi mag'lubiyatlar tufayli homiylarning qo'li biroz sovugandir, ammo hozir shunday muhim pallaki, barchamiz vaziyatni yaxshilashimiz shart. Tez kunlarda “Dinamo” klubi oldidagi moliyaviy holatni bartaraf etamiz, bu borada hech qanday muammo bo'lmaydi.

Ketma-ket muvaffaqiyatsizliklardan keyin jamoa bosh murabbiyi Davron Fayziev kechirilmas mag'lubiyatlar bo'lganligini aytib, mendan istefoga chiqishga ruxsat so'radi. Ammo biz rad etdik, murabbiylarga, futbolchilarga ishonch bildirishda davom etishimizni bildirdik. Biz hech kim bilan xayrlashmoqchi emasmiz. Sababi, mavsum boshidagi qiyin pallada aynan Davron Fayziev qo'l ostidagi siz futbolchilar bilan birinchi davrani muvaffaqiyatli o'tkazgandik. Muxlislarning fikridan ham xabarim bor. Futbolda omadsizliklar tufayli, mag'lubiyatli davr ham bo'lishini barchamiz bilamiz, tushunamiz. Barchasi o'z qo'limizda, ortga yo'l yo'q. Endi so'nggi o'yinlardagi omadsizliklarni butkul unutib, yaxshi va ishchan kayfiyatda tayyorgarlik ko'rib, minglab muxlislarni xursand etish uchun bor kuch va imkoniyatni sarflash kerak. Ishonamanki, chempionatdagi hozirgi qiyin vaziyatdan ham barchamiz bir jamoa bo'lib, chiqib keta olamiz” – dedi viloyat hokimi.

Yig'ilishda Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov “Dinamo” bosh murabbiyi Davron Fayziev, klub bosh menejeri Ilhom SHaripov va futbolchilar fikri bilan ham qiziqdi. Uchrashuv yakunida jamoani ruhan qo'llab-quvvatlab, keyingi o'yinlarda omad va zafarlar tiladi.

“Dinamo” klubi matbuot xizmati.


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика