Erkin Baxtiyorov O'zbekiston futbol hakamlari markazi direktori bo'ldi
19 apr 2022 20:21
Yangiliklar


Erkin Baxtiyorov O'zbekiston futbol hakamlari markazi direktori bo'ldi
"Xabaringiz bor, yurtimizda o'tkaziladigan barcha turdagi futbol musobaqalarini boshqaruvchi hakamlar faoliyatini muvofiqlashtirilish, hakamlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, ularni tashkiliy-boshqaruv faoliyatiga ko'maklashish maqsadida O'zbekiston futbol hakamlari markazi tashkil etildi.
O'FA prezidenti tomonidan ushbu markazga Baxtiyorov Erkin Baxtiyor o'g'li direktor etib tayinlandi. Bundan avval E.Baxtiyorov O'FA tizimida turli lavozimlarda, jumladan, Hakamlar bo'limi boshlig'i sifatida faoliyat olib borgan.
Mazkur markaz O'zbekiston hududida futbol, ayollar futboli, mini futbol, sohil futboli, turli yosh toifasidagi bolalar va o'smirlar futboli turnirlarida hakamlik bilan bog'liq jarayonlarni muvofiqlashtiradi", – deyiladi associaciya rasmiy xabarida.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar