Eriksendan so'ng "Tottenxem"ning yana bir o'yinchisi "Inter"ga o'tishi mumkin
26 mar 2020 17:50
Yangiliklar
Eriksendan so'ng "Tottenxem"ning yana bir o'yinchisi "Inter"ga o'tishi mumkin
"Tottenxem" himoyachisi Yan Vertongen yozda klubdan ketishi mumkin.
32 yoshli belgiyalik futbolchi "Inter"ga o'tishi mumkin. Takidlash kerakki, milanliklar yaqinda "shporlar"ning sobiq o'yinchisi Kristian Eriksen bilan shartnoma imzolashgan edi.
Xabar berilishicha, Eriksen Vertongenga yozda "neradzurrilar" tarkibiga o'tishni tavsiya qilmoqda va yangi klubiga o'yinchi borasida ijobiy fikrlar bildirgan.
Yanning "Tottenxem" bilan tuzgan shartnomasi shu yozda yakuniga etadi. Futbolchi joriy mavsum APL doirasidagi 19ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar