Eriksen yangi jamoasiga o'tishga tayyor. Bu ispan yoki ingliz klubi emas
12 okt 2019 11:33
Yangiliklar


Eriksen yangi jamoasiga o'tishga tayyor. Bu ispan yoki ingliz klubi emas
"Tottenxem"ning daniyalik yarim himoyachisi Kristian Eriksen faoliyatini Germaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.
27 yoshli futbolchining xizmatlariga Myunxenning "Bavariya" klubi qiziqmoqda.
Xabar qilinishicha, nemis klubi rahbariyati daniyalik xavbekning vakillari bilan bog'langan. Qayd etish kerakki, futbolchining o'zi ham Bundesligaga o'tishga tayyor.
Oldinroq, futbolchiga "Real" hamda MYU klublari jiddiy qiziqayotganligi to'g'risidagi xabarlar yangragan edi.
Eriksen joriy mavsum "shporlar" tarkibida APLda 8ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar