Eriksen uchun kurashda favorit o'zgardi
01 jan 2020 22:57
Yangiliklar


Eriksen uchun kurashda favorit o'zgardi
"The Athletic" nashri xabariga ko'ra, "Tottenxem" yarim himoyachisi Kristian Eriksen London klubini qishki transfer mavsumida tark etishni xohlamoqda.
27 yoshli futbolchining "shporlar" bilan shartnomasi 2020 yilning yozida yakunlanadi. Daniyalik futbolchi 1 yanvardan etiboran boshqa klublar bilan hamkorlik bitimini imzolashi va yozda Londonni tark etishi mumkin. Ammo Eriksen "Tottenxem"ni yanvar oyidayoq tark etmoqchi.
"Real" va "Manchester Yunayted" klublari daniyalik pleymeyker xizmatlariga asosiy davogar bo'lib turishgandi. "The Athletic" nashri malum qilishicha, Eriksen uchun kurashga Milanning "Inter" klubi ham qo'shildi va "neradzurrilar" bu kurashda favoritga aylanib oldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar