Eriksen uchun kurashda favorit o'zgardi

1 yanv 2020, 22:57
"The Athletic" nashri xabariga ko'ra, "Tottenxem" yarim himoyachisi Kristian Eriksen London klubini qishki transfer mavsumida tark etishni xohlamoqda.

27 yoshli futbolchining "shporlar" bilan shartnomasi 2020 yilning yozida yakunlanadi. Daniyalik futbolchi 1 yanvardan e'tiboran boshqa klublar bilan hamkorlik bitimini imzolashi va yozda Londonni tark etishi mumkin. Ammo Eriksen "Tottenxem"ni yanvar oyidayoq tark etmoqchi.

"Real" va "Manchester Yunayted" klublari daniyalik pleymeyker xizmatlariga asosiy da'vogar bo'lib turishgandi. "The Athletic" nashri ma'lum qilishicha, Eriksen uchun kurashga Milanning "Inter" klubi ham qo'shildi va "neradzurrilar" bu kurashda favoritga aylanib oldi.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Athletic