Eriksen: "Tottenxem" bazasidagi chim "Uembli"dagidan yaxshiroq"
21 noy 2018 13:57
Yangiliklar
Eriksen: "Tottenxem" bazasidagi chim "Uembli"dagidan yaxshiroq"
"Tottenxem" yarim himoyachisi Kristian Eriksen "Uembli" stadionidagi chimni tanqid qildi.
Londondagi stadion chimi juda harob holatda. Maydon markazida amerikancha futbol logotipi Milliy futbol ligasi (NFL) surati ko'rinib turadi. 28 oktyabr kuni bu arenada "Filadelfiya Iglz" va "Jeksonvill Yaguars" o'yini bo'lib o'tgan.
"Bu standartlarga to'g'ri kelmaydi. Keling adolatli bo'laylik. Hamma maydonni ko'rdi. Bizning bazadagi chim "Uembli"dagidan yaxshiroq. Bu qachon yakunlanishini bilmayman" - deydi Eriksen.
Fikrlar