Eriksen o'ziga yangi klub izlamoqda
13 iyu 2022 01:14
Yangiliklar
Eriksen o'ziga yangi klub izlamoqda
Daniyalik yarim himoyachi Kristian Eriksen "Brentford" bilan yangi shartnoma imzolamaslikka qaror qilgan.
Futbolchi yanvar oyida "Brentford"ga qo'shildi hamda Angliyada muvaffaqiyatli yarim mavsumni o'tkazdi. Rahbariyat va “asalarilar” bosh murabbiyi 30 yoshli futbolchi bilan hamkorlikni davom ettirish istagini bir necha bor bildirgan, ammo u boshqa yo'ldan borishga qaror qilgan ko'rinadi. Jurnalist Alfredo Pedullaning so'zlariga ko'ra, Eriksen yangi chaqiruv kutmoqda, shu bois u tez orada boshqa klub bilan shartnoma imzolaydi. Angliya Premer-ligasi vakillari, jumladan, uning sobiq jamoasi “Tottenxem” ham hujumkor yarim himoyachining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o'tamiz, Eriksen "Brentford" safida 11 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar