Eriksen kelajagi haqida: “Yana ECHLda o'ynashni istayman”
16 may 2022 10:00
Yangiliklar
Eriksen kelajagi haqida: “Yana ECHLda o'ynashni istayman”
“Brentford” yarim himoyachisi Kristian Eriksen kelajagi haqida gapirdi.
Daniyalikning hozirgi jamoasi bilan amaldagi kelishuvi iyunda o'z nihoyasiga etadi.
“Menda bir qancha takliflar bor, yakuniy qarorni qabul qilishdan oldin ular yaxshilab o'rganib chiqaman. Yana chempionlar ligasida o'ynashni istayman. Bu muhim jihat emas, ammo bu qanchalik ajoyibligini bilaman”, deydi Eriksen.
Avvalroq, 30 yoshli xavbekka “Tottenxem” hamda MYU qiziqayotgani xabar qilingadi. “Qizil iblislar” yangi mavsum ko'hna qitaning nufuzli musobaqasida qatnosholmasligi aniq bo'lib ulgurgan. “SHporlar” esa APLda kuchli to'rtlik uchun kurashmoqda.
Fikrlar