Eriksen APLda qolmoqchi
16 iyu 2022 11:25
Yangiliklar
Eriksen APLda qolmoqchi
"Brentford" yarim himoyachisi Kristian Eriken tatildan qaytganidan so'ng kelajagi borasida qaror chiqaradi.
O'yinchining amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.
Jurnalist Tom Kollomossning xabariga ko'ra, 30 yoshli daniyalik APLda qolishni afzal ko'rmoqda. "Manchester Yunayted", "Tottenxem" va "Brentford" o'yinchiga qiziqmoqda.
Eriksen o'tgan mavsum "Brentford" safida 11ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 4ta assist qayd etdi.
Fikrlar