Erik Toxir: "Har doim ham istaganing bo'lavermaydi"
02 dek 2013 17:44
Yangiliklar


Erik Toxir: "Har doim ham istaganing bo'lavermaydi"
"Inter" klubi xo'jayini Erik Toxir Italiya chempionatining 14-turidan o'rin olgan "Sampdoriya"ga qarshi o'yindan so'ng (1:1) o'z fikrlarini bildirdi.
– O'yin ajoyib bo'ldi. Muxlislar jamoani ajoyib tarzda qo'llab turishdi. Bu mening klub xo'jayini sifatida "San-Siro"dagi ilk o'yinim edi. Albatta g'alaba qozonsak zo'r bo'lardi. Ammo doim istaganing bo'lavermaydi. "Inter"ning o'yini kuchaymoqda. Endi keyingi o'yinlarni kutayapman. Derbiga albatta kelaman, sababi jamoaga mening yordamim kerak, – deydi Toxir "Football Italia" nashriga.

Fikrlar