Erik ten Xag: "Bavariya"ga uchta gol urgandan keyin, xech bo'lmasa 1 ochko olish kerak"
21 sen 2023 08:32
Yangiliklar
Erik ten Xag: "Bavariya"ga uchta gol urgandan keyin, xech bo'lmasa 1 ochko olish kerak"
"Biz diqqat-etiborni saqlab qolishimiz kerak edi. "Bavariya"ga uchta gol urgandan keyin xech bo'lmasa 1 ochko olish kerak.
Hozir ko'pchilik bizga qarshi ishlayotgan payt. So'nggi uchta o'yinda ajoyib jamoalarga qarshi o'ynadik.
Onana aybni o'z bo'yniga oldi, ammo bunda butun jamoaning aybi bor. Xatolar bo'lib turadi, ammo bunga butun jamoa munosabat bildirishi kerak. Agar kimdir xato qilsa, bu haqida unutib, oldinga intilish lozim. Jamoa vaziyatni o'nglay olishiga ishonishi lozim. Bugun biz buni ko'rsata oldik.
Har bir o'yin muhim. Biz o'zimiz omadga erishishimiz kerak, bu borada xech kim yordam bermaydi. Raqibga gol urishga imkon bermasligimiz lozim. Gap xatoda emas, raqib osonlik bilan gol urganida.
Barchasi o'z qo'limizda", - dedi Ten Xag.
Fikrlar